Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 88728 marta o'qildi

Maktabga kirib kelishda har bir o‘quvchi, xodim va boshqa shaxslar o‘z telefoni ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi (telefonni «ovozsiz» rejimga o‘tkazishi) shart.

Maktbalarda o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari va shu kabilar) boshlanishidan oldin o‘quvchilar:

  • telefonini o‘chirib qo‘yishi;
  • telefonini portfeli, sumkasi va shu kabilarga solib qo‘yishi shart.

O‘qituvchilar va boshqa xodimlar:

  • o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida telefondan foydalanish huquqiga ega emas;
  • darsdan tashqari vaqtda ta’lim oluvchilar ishtirokida telefondan foydalanishni imkoni boricha cheklashlari shart.

Telefondan foydalanish taqiqlangan holatlar

Quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi:

a) telefonini bo‘yniga osib olish, ko‘krak cho‘ntaklarida, shim, yubkalari cho‘ntaklarida va shu kabilarda saqlash;

b ) telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun ta’lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;

v) telefoni yordamida:

  • atrofdagilarga zo‘ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;
  • ta’lim muassasasining nufuziga, shu jumladan zo‘ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo‘li bilan zarar etkazish.

g) o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida:

  • telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish;
  • telefonni stol ustiga qo‘yish;
  • musiqa, shu jumladan naushniklar orqali tinglash;
  • surat va video tasvirlarni ko‘rsatishda telefondan foydalanish (o‘yinlar bilan shug‘ullanish), tasvir (matn, rasm, videoyozuv va fotosuratlar) ko‘rish, diktofon, kalьkulyator, kalendarь, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;
  • suratga olish va video tasvirga tushirish;
  • telefon orqali boshqa xizmatlardan (GPRS, Bluetooth, Internet va shu kabilar) foydalanish.

Telefonda foydalanishga ruxsat berish
  • O‘quvchilarga mashg‘ulotlar va tadbirlar oralig‘ida faqat asosli va kechiktirib bo‘lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi, yaqin qarindoshlari, maktab rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bog‘lanish maqsadida telefonlardan foydalanishga (qo‘ng‘iroq qilishga, SMS, MMS, GPRS jo‘natishga, Bluetooth, Internet va shu kabilar xizmatidan foydalanishga) ruxsat etiladi.
  • Mashg‘ulotlar va turli tadbirlar oralig‘ida telefon orqali so‘zlashish uchun xonadan yo‘lakka yoki foyega chiqish, past ovozda va qisqa muloqot qilish zarur.
  • Favqulodda vaziyatlar vujudga kelgan taqdirda ta’lim muassasalarida telefondan foydalanish cheklanmaydi.

Tartibni buzganlik uchun javobgarlik

O‘quvchilar telefondan foydalanish tartibini buzganda quyidagi ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanadi:

  • ogohlantirish;
  • ularning kundalik daftariga yozib qo‘yish;
  • ota-onalarini (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni) xabardor qilish yoki tushuntirish suhbati o‘tkazish uchun ta’lim muassasasiga chaqirish.

Talablar buzilganda har qanday pedagog xodim o‘quvchidan telefonni olib qo‘yish, bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga direktorga yoki sinf rahbariga berish huquqiga ega. Bunda telefon faqat o‘quvchining ota-onasiga qaytarib beriladi.

Maktablarda telefonning saqlanishi uchun faqat uning egasi (ota-onalar) javob beradilar. Qoida buzilganligi uchun telefon olib qo‘yilganda uning saqlanishi uchun maktab ma’muriyati javob beradi.

Chat