Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 105827 marta o'qildi

Kim javobgar bo‘ladi

Kamera qayd etgan qoidabuzarlik uchun, qoida tariqasida:

  • jismoniy shaxsga tegishli transport bo‘yicha — mulkdor yoki transportdan qonuniy asosda foydalanayotgan shaxs;
  • yuridik shaxs transporti bo‘yicha — transportdan foydalanish uchun mas’ul shaxs yoki uni qonuniy boshqargan shaxs javobgar bo‘ladi.

Kamera orqali qayd etilgan huquqbuzarlikda ma’muriy bayonnoma tuzilmaydi va qaror shaxs ishtirokisiz chiqariladi.

48 soatlik va bir oylik muddat

Muhim: kamera qayd etgan ma’lumot jarima solish haqida qaror chiqarishga vakolatli shaxsga 48 soat ichida yuborilmasa, ma’muriy ish tugatilishi kerak.

Kamera qayd etgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo, qoida tariqasida, huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin. Qaror ustidan shikoyat qilinganda maxsus muddat qoidalari qo‘llanadi.

Avtomobilni boshqa shaxs boshqargan bo‘lsa

Mulkdor qaror ustidan shikoyat qilganda:

  • qoidabuzarlik paytida avtomobilni boshqargan haqiqiy shaxs aniqlansa;
  • avtomobilь mulkdorning ixtiyoridan boshqa shaxsning g‘ayriqonuniy harakati natijasida chiqib ketgan bo‘lsa,

mulkdor javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.

YaIDXP orqali javobgarlikni oldindan o‘tkazish

YaIDXPda quyidagi amaldagi xizmatlar mavjud:

Birinchi xizmat uchun 0,09 BHM, tasdiqlash xizmati uchun esa to‘lov undirilmaydi.

Jarima ballari

2026-yil 1 apreldan ayrim kamera orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar bo‘yicha ham jarima ballari hisoblanadi. Haydovchi o‘z ballarini YaIDXPdagi «Yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballari» xizmati orqali bepul tekshirishi mumkin.

Ish tugatiladigan maxsus holatlar

Tezkor yoki maxsus xizmat transporti kechiktirib bo‘lmaydigan vazifani bajargani hujjatlar bilan tasdiqlansa, ish tugatilishi mumkin. Tez tibbiy yordam va yong‘in-qutqaruv transporti uchun bunday hujjat talab etilmaydi.

Shuningdek, haydovchi maxsus signal bilan kelayotgan tezkor transportga yo‘l berish uchun qoidadan chetga chiqqan bo‘lsa, holat oxirgi zarurat deb baholanib, ish tugatilishi kerak.

Tartib Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va 2240-son Yo‘riqnoma bilan belgilangan.

Chat