Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7010 marta o'qildi

Ko‘p kvartirali uylarda umumiy va individual hisobga olish asbobi o‘rnatiladi.

Iste’molchining hisobga olish asboblarini sotib olish, o‘rnatish, davlat qiyoslovidan o‘tkazish, foydalanish (ta’mirlash, almashtirish):
  • etkazib beruvchi tomonidan iste’molchining mablag‘lari hisobiga bajariladi;
  • nafaqa oluvchi kam ta’minlangan oila uchun - etkazib beruvchi hisobidan (uning qiymatini keyingi 12 oy mobaynida oila to‘lab berishi sharti bilan) bajariladi.

Umumiy hisobga olish asbobiga qo‘yiladigan talablar
  • O‘zbekiston Respublikasi o‘lchov vositasi davlat reestriga kiritilishi;
  • qiyoslashdan o‘tkazilishi;
  • individual pasportiga, qiyoslovdan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikatga va tekshirish tamg‘alariga ega bo‘lishi;
  • litsenziyalangan loyiha tashkiloti ishlab chiqqan loyihaga muvofiq o‘rnatilishi;
  • etkazib beruvchi tomonidan tamg‘alagan bo‘lishi;
  • muddatida qiyoslovdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.

Umumiy hisobga olish asboblarini qiyoslashdan o‘tkazish oralig‘i
  • bosimning o‘zgaruvchan darajasi elektron sarflarni o‘lchagichlar (difmanometrlar) uchun — 1 yilda 1-marta;
  • ulьtratovush, elektromagnit, oqimli va shu kabi sarfni o‘lchagichlar uchun — 2 yilda 1-marta.

Individual hisobga olish asboblari uchun qiyoslashdan o‘tkazish oralig‘i
  • yuridik shaxslardagi issiq suvni hisobga olish asbobi uchun — 4 yilda 1-marta;
  • jismoniy shaxslardagi issiq suvni hisobga olish asbobi uchun — 8 yilda 1-marta.

  • Hisobga olish asboblari o‘z vaqtida qiyoslashdan o‘tkazilmaganda qiyoslovni o‘tkazish vaqtigacha issiq suvni hisoblash turar joy binolarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (yashovchi) odamlarning soni bo‘yicha amalga oshiriladi.

Individual hisobga olish asbobidan foydalanish muddati tugayotganda:
  • etkazib beruvchi 10 kun oldin iste’molchiga bildirishnoma yuboradi;
  • iste’molchi 3 kun ichida hisobga olish asbobini tekshirish uchun buyurtmanoma beradi;
  • etkazib beruvchi hisobga olish asbobini echib olish sanasi, uning ko‘rsatgichi va tekshirish muddati ko‘rsatilgan 2 nusxada dalolatnoma tuzadi.

Iste’molchilarning isitish va issiq suv ta’minoti tizimi etkazib beruvchi tomonidan yil choragida 1-marta tekshirilishi shart.

Chat