Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 39961 marta o'qildi

Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan amalga oshiriladi.

Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish
  • aholiga – xizmatlar hokimliklar hamda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasida tuziladigan shartnoma (bitim) asosida;
  • jismoniy shaxslarga – xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ommaviy shartnoma asosida amalga oshiriladi.

  • Xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar jismoniy shaxslar tomonidan keyingi oyning 10-sanasidan kechikmay to‘lanadi.
  • To‘lov jismoniy shaxs tomonidan cheklanmagan holda, bank va to‘lov kassasi, elektron to‘lov tizimi va boshqa to‘lov turlari orqali amalga oshiriladi.
  • Iste’molchi avans tariqasida to‘lagan davr uchun qayta hisob-kitob qilinmaydi.
  • Jismoniy shaxs qo‘shimcha xizmat uchun to‘lovni 100 % oldindan to‘laydi.

Quyidagi chiqindilarni olib chiqib ketish alohida to‘lov evaziga amalga oshiriladi
  • suyuq maishiy chiqindilar;
  • yirik gabaritli maishiy chiqindilar;
  • chorvachilik chiqindilari;
  • qurilish chiqindilari va tuproq;
  • daraxt va butalarni kesishdan hosil bo‘ladigan chiqindilar va smyot.

  • To‘lov vaqtida o‘tkazilmaganda o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun jismoniy shaxsdan 0,1% miqdorda penya undiriladi.

Xizmatlar uchun to‘lovlarning qayta hisob-kitobi quyidagi hollarda amalga oshiriladi
  • hisoblashda xatoliklar yo‘l qo‘yilganda ;
  • iste’molchiga xizmat ko‘rsatilmagan yoki sifatsiz xizmatlar ko‘rsatilganda;
  • istiqomat qiluvchi shaxslar soniga tuzatishlar kiritilganda;
  • Majburiy ijro byurosi taqdimnomasi yoki sud qarori bo‘yicha.

  • Hisoblashda xatolik aniqlanganda to‘lovni qayta hisob-kitob qilish asos hisoblanuvchi dalolatnoma tuziladi.
  • Dalolatnomaga xatoliklarga yo‘l qo‘yilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

Yagona elektron tizimida onlayn shakllantiriladigan ma’lumotlar
  • abonentlar to‘g‘risida;
  • abonent xizmat ko‘rsatish zonasiga taalluqli bo‘lgan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot;
  • abonent bilan birga istiqomat qiluvchi shaxslar soni;
  • majburiy to‘lovlar summasi;
  • qattqi maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib tashlash xizmatlari uchun majburiy to‘lovlarning amalda to‘langanligi, qarzdorlik summasi va ortiqcha to‘langanligi to‘g‘risida.

Chat