Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 22258 marta o'qildi

Er egasi qo‘shni er egasidan uning eridan foydalanishni talab qilishi mumkin ( servitut huquqi ).

Servitut quyidagi maqsadlar uchun belgilanadi
  • erdan piyoda va transportda o‘tish;
  • elektr, aloqa, quvur liniyalarini o‘tkazish va ekspluatatsiya qilish;
  • suv bilan ta’minlash va boshqa shu kabi holatlar.

Erga servitut belgilanishi er egasining ushbu uchastkaga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlaridan mahrum etmaydi.

Servitut uni talab qilgan shaxs va er egasi o‘rtasidagi bitimga asosan belgilanadi.

Servitut to‘g‘risidagi shartnomalar kadastr organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi kerak. Ro‘yxatdan o‘tish 1 kun davomida, bepul amalga oshiriladi.

Servitut bilan yuklangan er uchastkasining egasi, servitut o‘rnatilishidan manfaat olgan shaxsdan er uchastkasidan foydalanganlik uchun mutanosib to‘lov talab qilishga haqlidir.

Agar ikki taraf kelisha olmasa, ushbu ma sala fuqarolik sudida ko‘rib chiqiladi.


Hayotiy misol: Servitut

Savol: Sh. ismli shaxs mahalladagi qo‘shnisi yo‘lak sifatida qoldirilgan erni devor bilan o‘rab olgani, buning oqibatida uning oila a’zolari katta ko‘chaga chiqish uchun qaryib 2 km. yo‘l bosishga majbur bo‘layotgani haqida ma’lum qilib, qo‘shnisiga tegishli er uchastkasining bir chekkasidan yo‘lak sifatida foydalanishi yuzasidan huquqiy tushuntirish berishni so‘radi.

Javob: Sh. ismli shaxsning qo‘shnisiga tegishli er uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish, ya’ni piyoda o‘tish huquqi (servitut) o‘sha qo‘shnisi bilan tuzilgan kelishuvga muvofiq belgilanadi. Agar ular o‘zaro kelisha olmasalar, sudning hal qiluv qarori bilan belgilanadi. Servitut belgilanishi va uning shartlari xususidagi ishlarni hal qilishda sudlar, tegishli vakolatli organlarni ishga jalb etishlari va servitut belgilash yuzasidan ularning xulosasini olishi shart.

Servitut to‘g‘risidagi kelishuv davlat ro‘yxatiga olinishi lozim va u er uchastkasi boshqa shaxsga o‘tgan vaqtda saqlanib qoladi. Servitut to‘g‘risidagi kelishuv uni belgilashga sabab bo‘lgan asoslar barham topsa, bekor qilinishi mumkin.

Normativ hujjatlar

Chat