Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2408 marta o'qildi

Gaz hidi sezilganda

Gaz hidi sezilsa:

  • gaz jihozlarini o‘chirish;
  • imkoni bo‘lsa gaz jo‘mragini yopish;
  • eshik va derazalarni ochish;
  • odamlarni xavfli joydan olib chiqish;
  • xavfsiz joydan 104 yoki 112 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish kerak.

Muhim: gaz hidi mavjud xonada elektr chirog‘i yoki jihozini yoqish va o‘chirish, telefondan foydalanish, chekish, gugurt yoqish va ochiq olovdan foydalanish mumkin emas.

Gaz uskunalaridan xavfsiz foydalanish

Iste’molchi:

  • faqat sertifikatlangan gaz uskunalaridan foydalanishi;
  • gaz plitasidan xonani isitish uchun foydalanmasligi;
  • ishlab turgan uskunani nazoratsiz qoldirmasligi;
  • dudburon va shamollatish yo‘llarini berkitmasligi;
  • gaz quvuri va uskunalarini o‘zboshimchalik bilan ta’mirlamasligi;
  • gaz sizib chiqishini ochiq olov bilan tekshirmasligi kerak.

Gaz plitasi ikki yilda bir marta, boshqa gaz uskunalari esa buyurtma asosida yiliga bir marta texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Hisob va to‘lovni tekshirish

Iste’molchi shaxsiy kabinet orqali:

  • gaz iste’moli;
  • hisoblagich ko‘rsatkichlari;
  • amalga oshirilgan to‘lovlar;
  • avans qoldig‘i;
  • qarzdorlik holatini tekshirishi mumkin.

Gaz ta’minoti tashkiloti shaxsiy kabinetdan foydalanish imkonini bepul taqdim etadi. Ariza bo‘yicha qarzdorlik haqidagi ma’lumotnoma ikki ish kunida bepul beriladi.

Bazaviy me’yor

Aholi uchun oylik bazaviy me’yor:

  • isitish mavsumida — 500 kub metr;
  • boshqa mavsumda — 100 kub metr.

Bazaviy me’yordan ortiq iste’mol uchun oshirilgan tarif bosqichlari qo‘llaniladi. Kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga qonunchilikda belgilangan tartibda tariflar farqi uchun kompensatsiya berilishi mumkin.

Tekshiruv vaqtida nimalarga e’tibor berish kerak

Vakolatli xodim:

  • xizmat guvohnomasini ko‘rsatishi;
  • tekshiruvni, avariya holatlaridan tashqari, soat 08:00 dan 20:00 gacha amalga oshirishi;
  • aniqlangan holatni dalolatnomada qayd etishi;
  • dalolatnomaning bir nusxasini iste’molchiga berishi kerak.

Iste’molchi dalolatnomadagi ma’lumotlarga rozi bo‘lmasa, o‘z e’tirozini va tushuntirishini hujjatning o‘zida yozib qoldirishi lozim.

Murojaat qilish

Gaz ta’minoti va hisob-kitob bo‘yicha:

  • hududiy gaz ta’minoti tashkilotiga;
  • «Hududgazta’minot» AJning 1104 qisqa raqamiga;
  • yuqori turuvchi tashkilotga;
  • iste’molchilar huquqlarini himoya qilish organiga;
  • zarur holda sudga murojaat qilish mumkin.

Gazdan foydalanish va hisob-kitobning asosiy talablari Vazirlar Mahkamasining 319-son qarorida, bazaviy me’yorlar esa 204-son qarorda belgilangan.

Chat