Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 15166 marta o'qildi

Asosiy tushuncha
  • Tarmoqli markyeting — tarmoqli tashkilot tovarlarni mustaqil tarqatadigan sotuvchi agentlar tashkil etishga asoslangan tovarlarni chakana sotish turi.
  • Tarmoqli tashkilot — Respublika hududida mustaqil ravishda yoxud tarmoqli markyeting yo‘li bilan sotuvchi agentlar orqali savdoni amalga oshiruvchi O‘zbekiston yuridik shaxsi.
  • Sotuvchi agent — turg‘un savdo shoxobchalari orqali tovarlarni bevosita sotuvchi, shuningdek uyga buyurtma olish vositasida, muassasalar, tashkilotlar, korxonalarda, transport yoki ko‘chada potensial xaridorlar bilan ishlaydigan, daromadi faqat sotuv hajmiga bog‘liq bo‘lgan jismoniy shaxs – yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkor.
  • Turg‘un savdo shoxobchalari — mahalliy davlat hokimiyati organlari belgilagan joylarda doimiy asosda joylashgan savdo obyektlari (do‘konlar, kioskalar, laryoklar, pavilьonlar, dorixonalar, optika, avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari).

Sotuvchi agentning tarmoqli markyeting orqali chakana savdo qilishi

Tarmoqli tashkilot tovarlarni sotuvchi agentlar orqali sotishni shartnoma asosida naqd bo‘lmagan hisob-kitob bo‘yicha amalga oshiradi. Tarmoqli tashkilot ulgurji savdo qilish uchun litsenziyaga ega bo‘lishi kerak.

Sotuvchi agent tarmoqli markyeting orqali chakana savdoni turg‘un savdo shoxobchasida amalga oshiradi.

Sotuvchi agent turg‘un savdo shoxobchasidan tashqarida uyga buyurtma qabul qilishi, muassasalar, tashkilotlar, korxonalarda, transport yoki ko‘chada savdo qilish orqali potensial xaridor bilan ishlaydi.

Sotuvchi agent tovarni xarid qilishga qiziqmagan iste’molchiga tovarni zo‘rlab tiqishtirmasligi, ularning birinchi talabi bilan tovarni taklif qilishni to‘xtatishi kerak.

Sotuvchi agentning xaridordan buyurtma qabul qilish

Sotuvchi agent buyurtmani bevosita muloqot qilish asosida xaridor tovarning u yoki bu turini xarid qilishi uchun qabul qiladi.

Buyurtma ikki nusxadagi blankada rasmiylashtiriladi va blankada quyidagilar ko‘rsatiladi:

  • buyurtma tartib raqami;
  • sotuvchi agent familiyasi, ismi, otasining ismi;
  • sotuvchi agent va tarmoqli tashkilot o‘rtasida tuzilgan shartnoma tartib raqami va sanasi;
  • sotiladigan tovar nomi, narxi, miqdori va umumiy qiymati, qo‘shimcha xizmat ko‘rsatilsa, ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmat qiymati;
  • sotib olinadigan tovarga haq to‘lash usuli;
  • buyurtma qabul qilingan va u bajariladigan sana;
  • xaridor familiyasi (ismi, otasining ismi) va imzosi.

Buyurtma blankasining bir nusxasi xaridorga beriladi, bir nusxasi sotuvchi agentda saqlanadi.

Sotuvchi agentning xaridorni ma’lumot bilan ta’minlashi

Sotuvchi agent tovarni taklif qilishda xaridorni quyidagi ma’lumotlar to‘liq ta’minlashga majbur:

  • ishlab chiqaruvchi to‘g‘risidagi;
  • kelib chiqish mamlakati to‘g‘risidagi;
  • sifat tavsifi to‘g‘risidagi;
  • biror-bir cheklashlar bor-yo‘qligi to‘g‘risidagi;
  • bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha to‘lovlar to‘g‘risidagi.

Xorijiy tijorat tashkilotining vakolatxonasi orqali bioaktiv qo‘shimchalar, dori vositalari va tibbiy buyumlarni tarmoqli markyeting yo‘li bilan sotuvchi agent tomonidan sotilishi taqiqlanadi.

Quyidagi hollarda tarmoqli markyeting vositasida import tovarini olib kelish va sotishga yo‘l qo‘yilmaydi:

  • tadbirkorlik faoliyati subyekti hisoblanmagan jismoniy shaxslar orqali;
  • xorijiy tijorat tashkilotining vakolatxonasi orqali.

Sotuvchi agentning to‘lovni qabul qilishi

Sotuvchi agent iste’molchidan to‘lovni qabul qilishda faqat fiskalь xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasidan va to‘lov tyerminallaridan foydalanadi va turg‘un savdo shoxobchasida amalga oshiradi.

Tarmoqli tashkilotlar va (yoki) ularning sotuvchi agenti tovarlarni sotishdan olingan barcha naqd pul tushumlarini bankka inkassatsiya qilishi (topshirishi) kerak.

Tarmoqli tashkilot majburiyati

Tarmoqli tashkilot faoliyatida quyidagilarga majbur:

  • sotib olingan tovarni sotuvchi agent faqat naqd bo‘lmagan usulda sotishga;
  • sotuvchi agent bilan tuzilgan shartnoma asosida tarmoqli markyetingni amalga oshirish uchun sotuvchi agentni jalb etishga;
  • soliq va moliya hisobotini vaqtida taqdim etishga;
  • sotuvchi agentga tarmoqli tashkilot tovarini sotish huquqini tasdiqlovsi guvohnoma, sotiladigan tovarning sertifikati va yukxati nusxalarini berishga;
  • sotilmagan tovarni qabul qilingan pulni qaytargan holda sotuvchi agentdan so‘zsiz qaytarib olishga.

18 yoshga to‘lmaganlarni hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi o‘quvchisini sotuvchi agent sifatida jalb qilish taqiqlanadi.

Tarmoqli markyetingni amalga oshirishda taqiqlangan holatlar
  • shartnoma tuzish uchun sotuvchi agent sotib olishi kerak bo‘lgan tovar minimal miqdorini belgilash;
  • to‘lovni a’zolik badali shaklida undirish;
  • shartnoma tuzilgandan keyin sotuvchi agent boshqa sotuvchi agentni jalb etish to‘g‘risida talab belgilash.

Chat