Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5104 marta o'qildi

Tashish shartnomasiga binoan, tashuvchi – yo‘lovchi va uning bagajini belgilangan manzilga eltib qo‘yish majburiyatini oladi.

Yo‘lovchi esa tarif bo‘yicha parvoz uchun, me’yordan ortiqcha bagaj uchun haq to‘lash majburiyatini oladi.

Yo‘lovchining asosiy huquqlari
  • havo transportidan foydalanish;
  • belgilangan miqdor doirasida qo‘l bagaj olib yurish;
  • tashish uchun bagaj topshirish.

Tashish shartnomasi o‘zgarganda, tashuvchining majburiyatlari
  • yo‘lovchini manziliga o‘zining boshqa havo kemasida etkazish;
  • yo‘lovchini bron chipta bilan ta’minlash;
  • yo‘lovchi to‘lagan xizmat ko‘rsatish toifasining o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaslik;
  • tashish bajarilmaganligi uchun yig‘im undirmasdan pulni qaytarish.

Xizmat ko‘rsatish toifasini o‘zgartirish
  • chipta pastroq toifaga almashtirilganda, yo‘lovchiga tariflar va yig‘imlar farqi qaytariladi;
  • chipta yuqori toifaga almashtirilsa va tashish narxi oshsa, qo‘shimcha yig‘im undirilmaydi.

Tashuvchi tomonidan tashish shartnomasini bekor qilish holatlari
  • yo‘lovchi parvoz boshlanadigan, tugaydigan va tranzit mamlakatning talablarini buzsa;
  • yo‘lovchining sog‘lig‘i unga havo transportida bo‘lish imkonini bermasa;
  • yo‘lovchi havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalarini buzsa;
  • havo transportida tashish talablarini bajarish yo‘lovchi tomonidan rad etilsa.

Yo‘lovchiga zarar etkazilganda tashuvchi tomonidan ko‘rsatiladigan bepul qo‘shimcha xizmatlar
  • bir marta telefon orqali gaplashish yoki telegramma yuborish;
  • oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan ta’minlash;
  • mehmonxona bilan ta’minlash;
  • aeroportdan vaqtinchalik yashash joyigacha transportda eltib qo‘yish va qaytishni ta’minlash;
  • tutash reyslarga kechikish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash.

Yo‘lovchiga kompensatsiya to‘lanmaydigan holatlar
  • yo‘lovchi boshqa reysda uchishdan bosh tortsa;
  • yo‘lovchi tashuvchining chipta olish va ro‘yxatdan o‘tish talablariga rioya qilmasa;
  • yo‘lovchi parvozdan chetlatilganda;
  • yo‘lovchi ro‘yxatdan o‘tib, uchib ketish joyiga kelmasa;
  • tashuv bepul amalga oshirilayotgan bo‘lsa.

Yo‘lovchi bilan rasmiyatchilik ishlari uchun ajratilgan vaqt
  • uchib ketishda xalqaro qatnovlarda 60 daqiqadan, mahalliy qatnovlar - 20 daqiqadan oshmasligi kerak;
  • uchib kelishda xalqaro qatnovlarda  45 daqiqadan, mahalliy qatnovlar - 20 daqiqadan oshmasligi kerak.

Ayrim buyumlardan foydalanishga qo‘yiladigan cheklovlar
  • tashuvchi uyali telefon, ixcham kompьyuter, magnitofon, radio, “SD” eshitish jihozi va shu kabilardan foydalanishni cheklashi yoki taqiqlashi mumkin;
  • eshitish apparatlari va yurak urishini elektr muntazamlovchi yordamchi apparatlardan foydalanishni taqiqlash mumkin emas.

Chat