Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5814 marta o'qildi

Yotoq o‘rinli vagonlar kuzatuvchilarining majburiyatlari:
  • vagon kuzatuvchilari yo‘lovchilarni 30 daqiqadan kechiktirmasdan poezd belgilangan manzil yoki stantsiyaga yaqinlashayotgani haqida ogohlantiradi;
  • yotoq o‘rinlari mavjud vagon yo‘lovchilari ko‘rsatilgan manzil yoki stantsiyadan o‘tib ketganliklari uchun vagon kuzatuvchilari mas’uldir.

Yo‘lovchilar yotoq o‘rinlaridan sutkaning istalgan vaqtida foydalanishlari mumkin.

Yotoq joylari bo‘lgan poezdlarda yo‘lovchi yotarjoy buyumlari komplekti bilan ta’minlanadi.

Yotarjoy buyumlari komplekti:
  • 2 ta choyshab;
  • 1 ta yostiq jild;
  • 1 ta sochiq.

Yotarjoy buyumlari komplekti yo‘lovchiga butun yo‘l davomida foydalanish uchun beriladi.

Yo‘lovchi xohishiga ko‘ra, kuzatuvchi yo‘nalish davomida ishlatilgan yotarjoy buyumlarini qo‘shimcha haq evaziga boshqasiga almashtirib berishi mumkin.

Yo‘lovchilarni ichimlik suvi bilan ta’minlash:
  • vagon kuzatuvchilari yo‘lovchilarning iltimosiga ko‘ra ularni kamida 3-marta choy bilan (pulli) ta’minlashi kerak;
  • yo‘lovchilar butun yo‘nalish davomida sovutilgan qaynatilgan ichimlik suvi bilan bepul ta’minlanadi.

Chat