Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9410 marta o'qildi

Fuqaroning o‘ziga tegishli mol-mulkni yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqini vafot etgan taqdirda tasarruf etish xususidagi xohish-irodasi vasiyat deb e’tirof qilinadi


Notarial harakatni ishtirokchilari: Vasiyat qiluvchi

Taqdim etiladigan hujjatlar
  • Fuqarolarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi
    • O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;
    • 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarning shaxsi — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
    • harbiy xizmatchilarning shaxsi — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
    • chet el fuqarolarining shaxsi — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
    • fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi.

  • Merosxo‘r to‘g‘risida ma’lumotlar (Familiya, Ism, Otasini ismi va tug‘ilgan sanasi).


Ko‘rsatiladigan xizmat uchun yig‘im undiriladi
  • Loyiha uchun to‘lov (BHMning 15%);
  • Tushuntirish uchun haq miqdori (BHMning (5%).

Hisoblashni elektron kalkulyator orqali amalga oshirish mumkin

Notarius harakatlaridan norozi bo‘lsangiz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.

Chat