Notarius er-xotinning yozma arizasiga muvofiq ulardan biriga yoki har ikkisiga nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkdagi ulushga mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma beradi.
Guvohnoma faqat er-xotinning murojaat vaqtida mavjud bo‘lgan va ularning umumiy mulki hisoblangan mol-mulkiga beriladi.
Quyidagilar, qoida tariqasida, har bir er yoki xotinning alohida mulki hisoblanadi:
Mol-mulkning er-xotin umumiy mulkiga mansubligi yoki ularning ulushlari bo‘yicha nizo mavjud bo‘lsa, masala notarial tartibda emas, sud tomonidan hal etiladi.
Notarial harakatni amalga oshirish uchun quyidagilar zarur:
Nikoh qayd etilganligiga oid ma’lumot notarius tomonidan FHDYoning yagona elektron arxivi orqali tekshiriladi.
Elektron tizimda ma’lumot mavjud bo‘lmasa yoki texnik nosozlik yuzaga kelsa, tegishli ma’lumot qonunchilikda belgilangan tartibda olinadi.
Ko‘chmas mulk yoki avtomototransport vositasiga bo‘lgan huquq, taqiq, xatlov va boshqa zarur ma’lumotlar ham tegishli axborot tizimlari orqali tekshiriladi.
Er-xotindan biri vafot etganida guvohnoma tirik qolgan er yoki xotinning yozma arizasi asosida meros ochilgan joydagi notarius tomonidan beriladi.
Tirik qolgan er yoki xotinga nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkning yarmiga guvohnoma berilishi mumkin.
Merosni qabul qilgan merosxo‘rlar guvohnoma berilganligi haqida xabardor qilinadi. Ular norozi bo‘lsa, masalani hal etish uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Merosxo‘rlarning yozma arizasi va tirik qolgan er yoki xotinning roziligi bilan guvohnomada vafot etgan er yoki xotinning umumiy mol-mulkdagi ulushi ham belgilanishi mumkin.
Guvohnoma matnida mol-mulkning to‘liq tavsifi ko‘rsatiladi.
Guvohnoma:
Guvohnomaning notarius tomonidan berilishi ko‘chmas mulk yoki transport vositasiga bo‘lgan huquqni tegishli davlat organida ro‘yxatdan o‘tkazish majburiyatini bekor qilmaydi.
«Davlat boji to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma berganlik uchun davlat boji BHMning 50 foizi miqdorida undiriladi.
Hujjat loyihasini tayyorlash, huquqiy tushuntirish, taqiq va xatlovlarni tekshirish hamda boshqa huquqiy-texnik harakatlar uchun belgilangan maksimal stavkalar doirasida qo‘shimcha to‘lov undirilishi mumkin.
Ushbu munosabatlar Oila kodeksi, «Notariat to‘g‘risida»gi Qonun va Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma bilan tartibga solinadi.