Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 140884 marta o'qildi

Bir shaxs boshqa shaxsdan ko‘chmas mulkni naqd yoki to‘lovni kechiktirishi shartni bilan sotib oladi


Taqdim etiladigan hujjatlar
  1. Fuqarolarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi
    • O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;
    • 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarning shaxsi — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
    • harbiy xizmatchilarning shaxsi — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
    • chet el fuqarolarining shaxsi — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
    • fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi.
  2. Mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat.
  3. Barcha egalarining roziligi
    • Mulk umumiy birgalikdagi mulk bo‘lgan taqdirda (er-xotinning birgalikdagi mulki va va Nikoh haqidagi guvohnomasi), barcha egallarining roziligi;
    • O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy organlaridan (Toshkent shahrida — «Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va ma’lumotlar berish markazi» davlat unitar korxonasidan) olingan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotnoma
    • Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining xususiylashtirilishiga rozilik bergan shaxslar vafot etgan taqdirda ularning o‘lim haqidagi guvohnomasi yoki dalolatnoma yozuvidan ko‘chirmasi (nusxasi olib qolinib asli qaytarib beriladi) 
    • Umumiy ulushli mulk ishtirokchilari imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechish to‘g‘risidagi arizalari
  4. Umumiy ulushli mulk ishtirokchilari o‘rtasida umumiy mulkdagi ko‘chmas mulk yoki uning bir qismidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi kelishuv.
  5. Er uchastkasiga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reestridan ko‘chirma yoki guvohnoma.
  6. Ko‘chmas mulkk ob’ektga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida Reestrdan ko‘chirma.
  7. Mulk garovga qo‘yilgan bo‘lsa, garovga oluvchining roziligi.
  8. Notarial tartibda tasdiqlanishi lozim bo‘lgan bitimlarni vasiylikdagi shaxs nomidan Vasiylar vasiylik va homiylik organlarining faqat ruxsati bilan tuzishga haqli.
  9. Bitimlar davlat bojining imtiyozli to‘lanishiga huquq beruvchi yaqin qarindosh bo‘lgan shaxslar o‘rtasida tuzilayotgan bo‘lsa (Mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalari va ularning er-xotinlariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga), ularning qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.
  10. Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda, vakolatini tasdiqlovchi hujjat (ishonchnoma).
  11. Ko‘chmas mulk Sotib oluvchi tomon chet el fuqarolar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga
    • Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risidagi nizomning 1-ilovasidagi Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifalari doimiy propiskasi borligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini taqdim etsa.
  12. Ko‘chmas-mulk ko‘chmas mulk bank krediti hisobiga sotib olinganda kredit shartnomasi kerak bo‘ladi.
  13. Zarur hollarda boshqa hujjatlar.

Muhim!

Kommunal xizmatlar uchun to‘lanadigan majburiy to‘lovlar bo‘yicha va byudjet oldida qarzi mavjud emasligi, xamda doimiy propiskada bo‘lgan shaxslar haqidagi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar notarius tomonidan kurьerlik xizmatidan foydalangan holda yoki idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan «Notarius» AATdan orqali avtomatik tarzda olinadi.


Qo‘shimcha xizmatlar uchun to‘lov
  • Gerb yig‘imi: BHMning 10% (xar bir blank uchun);
  • Loyiha uchun to‘lov (BHMning 20%);
  • Tushuntirish uchun haq miqdori BHMni (10%);
  • Taqiqni tekshirish uchun (xar bir mulkdan BHMni 15%);
  • Qarzdorlik tekshiriliganligi uchun (BHMning 10%);
  • Tashkilotlardan ma’lumotlar olish uchun so‘rovnomalar yozish (har bir so‘rovnoma uchun BHMning 5%).



Notarius harakatlaridan norozi bo‘lsangiz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.

Chat