Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 11066 marta o'qildi

Iste’molchilarga tabiiy gazni hisobga olmasdan etkazib berishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tabiiy gazni hisoblash uchun faqatgina Davlat reestriga kiritilgan priborlardan foydalanilishi shart.

Quyidagi qoida buzilishlari sodir etilgan taqdirda, gaz uchun to‘lov so‘nggi ko‘rikdan o‘tkazilgan vaqtidan boshlab undiriladi:
  • hisoblagichga qasddan shikast etkazilsa;
  • hisoblagichga o‘rnatilgan plombalar qasddan buzilsa;
  • gazdan hisoblagichni uzib qo‘ygan holda foydalanilsa;
  • gaz quvurlarida ish rejimini buzishga olib keladigan qurilmalar o‘rnatilsa.

Bunda gaz hisoblagichining sutkaning 24 soatida to‘liq quvvat bilan ishlashi hisobidan kelib chiqiladi.

Fuqarolarga tegishli gaz hisoblagichlarni ko‘zdan kechirish
  • fuqarolar tomonidan gaz hisoblagichlarni ko‘zdan kechirishga yo‘l qo‘yilmasa, bu haqda dalolatnoma rasmiylashtiriladi;
  • iste’molchi dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, dalolatnomada bu qayd etiladi;
  • gaz hisoblagichlarni ko‘zdan kechirishga rad etish holati 2 guvoh yoki mahalla yig‘ini vakili tomonidan tasdiqlanishi kerak;
  • iste’molchi dalolatnomani imzolashni rad etish sababini bayon qilish huquqiga ega va bu dalolatnomada qayd etilishi shart.

Chat