Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 39051 marta o'qildi

Bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi.

  • Ishonchli vakil o‘ziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi.
  • Ishonchnomani tuzish va tasdiqlash uchun ishonchli vakilning ishtiroki talab etilmaydi.
  • Ishonchli vakil haqidagi, shuningdek ishonchnoma ob’ekti haqidagi ma’lumotlar ishonchnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar yoki uning so‘zlariga asosan yozilishi mumkin. Ishonchli vakil haqidagi, shuningdek ishonchnoma ob’ekti haqidagi ma’lumotlar ishonchnoma beruvchining so‘zlariga asosan yozilgan hollarda berilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun ishonchnoma beruvchi mas’uldir.

Notarius tomonidan ko‘chmas mulk vositasini tasarruf etish huquqi bilan ishonchnomani tasdiqlashda qonunchilik mazmuni tushuntiriladi.

Ishonchnomaning shakllari bilan havolada tanishing.

Ishonchnomaning boshqa turlari

Quyidagi ishonchnomalar shaxs ishlaydigan yoki o‘qiydigan tashkilot, u yashaydigan uyga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot, mahalla yig‘ini yoxud kasalxona ma’muriyati tomonidan tasdiqlanishi mumkin:

  • xat-xabarlarni, shu jumladan pul va posilkalarni;
  • ish haqini hamda mehnat munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa to‘lovlarni;
  • mualliflar va ixtirochilarga to‘lanadigan haqlarni;
  • pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni;
  • bank muassasalaridan summalarni.

Ishonchnomalar davlat tilida rasmiylashtiriladi. Ishonchnoma rus tilida yoki boshqa maqbul tilda berilishi mumkin.

Ishonchnomalar o‘sha tashkilot binosida tasdiqlanadi. Fuqaro kasalligi, nogironligi tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra tashkilot binosiga bora olmasa, u yashaydigan joyda to‘ldirilishi mumkin.

Quyidagi hollarda ishonchnoma tasdiqlash rad etiladi:

  • bunday ishonchnomani tasdiqlash konunga zid bo‘lsa;
  • bu harakat notarius tomonidan tasdiqlaniishi kerak bo‘lsa;
  • muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari bo‘lmagan vakil ishonchnomani tasdiqlashni so‘rab murojaat kilgan bo‘lsa;
  • muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari bo‘lmagan vakil ishonchnomani tasdiqlash uchun takdim etgan xujjatlar belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmasa.

Ishonchnomalar ko‘pi bilan 3 yilgacha beriladi, muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa ishonchnoma 1 yil amal qiladi.



Notarius harakatlaridan norozi bo‘lsangiz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.

Chat