Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10715 marta o'qildi

Qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish uchun notarius manfaatdor shaxsning yozma arizasiga asosan qarzdorlikni belgilovchi hujjatlarga ijro xatlarini yozadi.


Pul olish, mulkni qaytarish yoki berish bilan bog‘liq notarial tasdiqlangan bitimlar

Ijro xati olish uchun:

  1. notarial tasdiqlangan bitimning asl nusxasi;
  2. kreditor tomonidan qarzdorga notarius orqali to‘lov muddati o‘tkazib yuborilganligi (mulkni qaytarish yoki berish) to‘g‘risida yuborilgan yozma bildirishnoma.

Ijro xatlari quyidagi hollarda yoziladi
  • taqdim etilgan hujjatlar qarzdorning undirib oluvchidan qarzdor ekanligi yoki boshqa majburiyatini shubhasiz tasdiqlasa;
  • da’vo qilish huquqi vujudga kelgan kundan boshlab o‘tgan vaqt 3 yildan ortiq bo‘lmasa.

Agar ijro xati berish haqidagi talab uchun qonun hujjatlarida boshqa muddat belgilangan bo‘lsa, ijro xati shu muddat ichida beriladi.


Ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov undiriladi.

  • Notarial idoralar haqida ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
  • Notarius qabuliga yozilish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
  • Sudga murojaat qilish tartibi bilan tanishish uchun quyidagi havolaga o‘ting.

Notarius harakatlaridan norozi bo‘lsangiz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.

Chat