Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 19420 marta o'qildi

Bojxona nazorati - O‘zbekiston bojxona chegaralari orqali tovarlarni, naqd xorijiy valyutani, dori va tibbiyot buyumlarini, madaniy boyliklarni hamda notijorat maqsadlar uchun transport vositasini olib kirish va olib chiqish tartibini, shuningdek, bojxona nazorati, deklaratsiya to‘ldirish hamda yo‘lovchilar va yukni tekshirish o‘rnatilgan tartibda ikki yo‘lakli tizimni qo‘llash tartibini belgilaydi.


Bojxona nazorati

Bojxona organi bojxona nazoratini o‘tkazayotganda zaruratda quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:

  • tovar va transport vositalari, shuningdek, zarur hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etishni talab qilish;
  • tovar va transport vositalarini tekshiruvini, qonunchilik tomonidan ko‘zda tutilgan  xolatlarda esa jismoniy shaxsni shaxsan tekshirishni olib borish;
  • valyuta nazoratini amalga oshirish;
  • bojxona nazorati maqsadlarida tovarlar va boshqa predmetlar probalari va namunalarini olib qo‘yish;
  • bojxona qonunchiligi buzilishlari to‘g‘risidagi materiallarni o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqadi va jismoniy va yuridik shaxslarni qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortish;
  • qonunchilikda belgilangan  tartib va  holatlarda bojxona qonun buzilishining bevosita predmeti hisoblangan tovar va transport vositalarini olib qo‘yish va musodara qilish;
  • tergovni olib borish va tezkor qidiruv faoliyatni amalga oshirish;
  • bojxona qonun buzilishlari fosh bo‘lishida texnik va maxsus vositalarni qo‘llash.

Bojxona nazoratida ikki yo‘lakli tizim
  • Avtomobilь yo‘llari, temir yo‘llar va aviatsiya o‘tkazish punktlarida bojxona nazorati, deklaratsiya to‘ldirish hamda yo‘lovchilar va yukni tekshirish o‘rnatilgan tartibda ikki yo‘lakli tizimni qo‘llash bilan amalga oshiriladi.
  • «yashil» yo‘lak — kirib kelish va chiqib ketish joylarida maxsus belgilangan, jismoniy shaxslarning ko‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajdagi tovarlarni bojxona chegarasidan olib o‘tishi uchun mo‘ljallangan joy.
  • «qizil» yo‘lak — kirib kelish va chiqib ketish joylarida maxsus belgilangan, jismoniy shaxslarning yozma shaklda deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajdagi tovarlarni, shuningdek deklaratsiyalanishi jismoniy shaxsning ixtiyoriga ko‘ra amalga oshiriladigan tovarlarni bojxona chegarasidan olib o‘tishi uchun mo‘ljallangan joy.
  • «Yashil» yo‘lak bo‘yicha bojxona chegarasi orqali olib kirish/olib chiqish taqiqlangan yoki cheklangan yoxud qiymati va (yoki) miqdori normasidan, bojxona to‘lovlari solinmaydigan tovarlarni olib kirishning cheklangan normalaridan yoki bojxona deklaratsiyasini taqdim etmasdan tovarlarni olib chiqishning cheklangan normalaridan ortadigan tovarlarni olib o‘tayotgani gumon qilinganda yoxud bu haqida axborot mavjud bo‘lsa, bojxona organining mansabdor shaxsi bunday shaxsga nisbatan bojxona qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlaydigan bojxona nazorati shaklini qo‘llash huquqiga ega.

O‘zbekiston bojxona chegeralari orqali naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqish
  • Jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 70 000 000 (etmish million) so‘m ekvivalentidan ortiq miqdordagi O‘zbekiston Respublikasining naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va bojxona organi xodimiga taqdim etish yo‘li bilan bojxona nazoratidan o‘tkaziladi.
  • Jismoniy shaxsning xohishiga ko‘ra ekvivalenti 70 000 000 (etmish million) so‘mga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd valyuta mablag‘lari ham deklaratsiya qilinishi mumkin.
  • Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga bojxona nazorati qoidalariga rioya qilgan holda, naqd valyuta mablag‘larini olib kirish cheklanmagan miqdorda amalga oshiriladi.
  • Jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 000 000 (yuz million) so‘mga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga bojxona nazorati qoidalariga rioya etilgan holda cheklovlarsiz olib chiqiladi.
  • Jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 000 000 (yuz million) so‘mdan ortiq miqdordagi naqd valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketishga quyidagi holatlarda yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekistondan madaniy boyliklarni olib chiqish va olib kirish tartibi
  • Xorijiy fuqarolar tomonidan O‘zbekistonga vaqtinchalik olib kiriladigan madaniy boyliklar (shu jumladan, xorijiy diplomatik va konsullik vakolatxonalar rahbarlari tomonidan), tegishli bojxona hujjatlarida ko‘rsatilishi zarur.
  • Bojxona hujjati mazkur madaniy boyliklarni qaytarib olib ketish uchun asos hisoblanadi.
  • Musiqa asboblari pasporti va bojxona organlarining qayd yozuvli kamonlar ham shuningdek, ularning O‘zbekistondan to‘siqlarsiz olib chiqish uchun asos bo‘ladi.
  • Madaniy boyliklar o‘zida milliy, tarixiy, badiiy, ilmiy-aqliy, ma’naviy-axloqiy va boshqa madaniy ahamiyatni ifodalaydigan moddiy dunyo predmeti hisoblanadi.

So‘nggi 50 yilda yaratilgan quyidagi madaniy boyliklar uchun olib ketishga ruxsat talab etmaydi:

  • gilamlar, gilam mahsulotlari, kashtado‘zlik, so‘zana (barcha tikuv mashina ishlab chiqarishlari);
  • elektrmusiqa asboblari;
  • rasmlar reproduktsiyasi, ikonlar, san’atga oid albomlar, plastinkalar;
  • sopol, chinni, billur, oyna, yog‘och, ommaviy fabrika ishlab chiqarish metallidan qilingan predmetlar, suvenir buyumlar;
  • 1 yoki 2 tomdan tashkil topgan badiiy, bolalar, ommabop adabiyotlar, nota nashrlari;
  • O‘zbekistonda o‘qiyotgan xorijiy fuqarolar bilan ilmiy-texnik almashish bo‘yicha O‘zbekistonda bo‘lib turgan xorij olimlari va ilmiy, o‘quv adabiyotlari;
  • davlat probasiga ega qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan qilingan zamonaviy zargarlik buyumlari;
  • orden kitobchasi yoki mukofot guvohnomasiga ega taqiladigan shaxsiy mukofotlar;
  • xalq badiiy hunarmandchilik va dekorativ-amaliy san’at mahsulotlari (jadval);
  • audivizual va fonogramma asarlari.

So‘nggi 50 yilda yaratilgan va yuqorida ko‘rsatilmagan madaniy boyliklarni O‘zbekistondan olib ketish uchun O‘zbekistondan madaniy boyliklarni olib ketish huquqidagi sertifikatni olish zarur.

Tegishli sertifikatni olish uchun ularning egasi O‘zbekiston Madaniyat vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishga majbur:

  • yozma ariza;
  • olib ketiladigan predmetlar  ro‘yxati;
  • o‘sha predmetlar.

Ko‘rib chiqish muddati: 10 kun

Amal qilish muddati: berilgan kundan boshlab 3 oy mobaynida.

Qat’iy olib ketib bo‘lmaydigan madaniy boyliklar:

  • 50 va undan ortiq yil avval yaratilgan;
  • davlat tomonidan qo‘riqlanadigan ro‘yxat va reestrga kiritilgan;
  • muzey, axborot-kutubxona muassasalari, arxivlar, idora arxivlari boshqa saqlanadigan joylarda muntazam saqlanadigan.

Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini olib kirish

Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni quyidagi hollarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan hamda bojxona rasmiylashtiruvisiz olib kirish va olib chiqishga ruxsat beriladi, agar ular:

  • mamlakatda bo‘lish davrida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa;
  • O‘zbekiston hududida yashab turgan bemorni davolash-profilaktika muassasasi tomonidan tasdiqlangan tibbiy ko‘rsatma asosida, davolash kursi doirasida davolash uchun mo‘ljallangan bo‘lsa;
  • O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy, madaniy, sport tadbirlari ishtirokchilarini hamda xalqaro ekspeditsiyalar ishtirokchilarini davolash uchun mo‘ljallangan bo‘lsa;
  • O‘zbekiston hududiga kirib kelayotgan transport vositasining tibbiy dorilar qutichasi tarkibiga kiritilgan bo‘lsa.

Yashash yoki bo‘lish mamlakati tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan hujjat taqdim etilmasdan quyidagilarni shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladi va olib chiqishga ruxsat beriladi:

  • turli nomdagi 10 tagacha dori preparatlaridan iborat dori vositalari va ularning har biri uchun 5 o‘ramdan ortiq bo‘lmagan dori vositalari;
  • 5 birlikdan ortiq bo‘lmagan tibbiy buyumlar.

Bunda bir o‘ramda:

  • qattiq (tabletkalar, drajelar, granulalar, kukunlar, kapsulalar) dori shakllari uchun - 100 birlikdan ortiq emas;
  • eritma tayyorlash uchun qo‘llaniladigan kukunlar uchun - 500 grammdan ortiq emas;
  • granula shakldagi gomeopatik dori vositalari uchun - 50 grammdan ortiq emas;
  • infuzion eritmalar va oral (og‘iz orqali) qo‘llaniladigan eritmalar uchun - 500 millilitrdan ortiq emas;
  • in’ektsiyalar uchun eritmalar - 10 ampuladan yoki 10 flakondan ortiq emas;
  • tashqi dorilar uchun - 200 millilitrdan yoki 200 grammdan ortiq emas. Batafsil havolada.

Xorijiy jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlar uchun transport vositasini vaqtinchalik olib kirish

O‘zbekistonga xorijiy avtotransportni olib kirishda bojxona posti xodimi tomonidan kirish “avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risidagi majburiyatlar”maxsus  ikki nusxadagi blanka rasmiylashtiriladi.

Blankani rasmiylashtirish uchun  xorijiy avtotransport  vositasi egalari (haydovchilar) quyidagilarni taqdim etishi zarur:

  • fuqarolik pasporti;
  • avtotransport  vositasini  ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
  • boshqa og‘zaki ma’lumotlar.

Blankaning birinchi nusxasi bojxona postining kirish ish yuritishlarida qoladi, ikkinchi nusxasi xorijiy avtotransport vositasi egasiga (haydovchi) beriladi.

  • O‘zbekiston hududida xorijiy avtotransport vositasidan foydalanganda  uning egasi (haydovchi)  yonida har doim “avtotransport  vositasini  qaytarib olib chiqish to‘g‘risidagi majburiyatlari” olib yurishi majbur.
  • Mazkur transport vositasi bojxona hududida bo‘lishining umumiy muddati jami kalendar yili mobaynida  90 kalendar kundan oshishi mumkin emas.
  • Transport vositasini mazkur sanadan oshgan davrga olib kirish kuniga motor hajmining har bir kub santimetri uchun 0,01 AQSh dollari miqdoridagi yig‘im har bir kechiktirilgan kun uchun to‘lash shartida ruxsat beriladi.

Chat