Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7805 marta o'qildi

2020-yilning 1-martidan e’tiboran O‘zbekiston milliy universiteti bazasida binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida dissertatsiya himoyasini tashkil etish va ilmiy darajalarni talabgorlarga mustaqil berish amaliyoti tajriba tariqasida 3 yil muddatga joriy etildi.

O‘zbekiston milliy universiteti tajriba davomida binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida dissertatsiya himoyasini tashkil etadi hamda ilmiy darajalarni talabgorlarga mustaqil beradi.

Shu o‘rinda, binar (ikkitalik) himoya tizimi asosidagi dissertatsiyalar himoyasi monitoringini amalga oshirish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi zimmasiga yuklangan.

Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida tayyorlangan dissertatsiya quyidagi talablarga javob berishi kerak:
  • muayyan fan turmog‘i bo‘yicha bitta dissertatsiya 2 nafar, jumladan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega talabgor va ilmiy darajaga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan tayyorlanishi;
  • tadqiqotning ilmiy natijalari bo‘yicha ixtiroga patentlar yoki selektsiya yutuqlari olinib, ularning amaliyotga joriy etilishi va salmoqli samara olinishi;
  • ilmiy natijalar amaliyotga joriy qilingan tashkilot tomonidan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgorning ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etishdagi alohida xizmatlari va joriy etishdan olingan (kutilayotgan) salmoqli samarasi yuzasidan xulosa (dalolatnoma) berilgan bo‘lishi.

Chat