Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 71377 marta o'qildi

Pensiya olish huquqiga:

erkaklar 60 yoshda - ish staji 25 yil bo‘lganda,
ayollar esa 55 yoshda - ish staji 20 yil bo‘lganda ega bo‘ladilar.

Quyidagi asoslarda imtiyozli pensiyalar tayinlanishi mumkin
  • yoshidan qat’i nazar pensiya olish huquqini beradigan 1-sonli ro‘yxat asosida;
  • yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan 2-sonli ro‘yxat asosida;
  • yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan 3-sonli ro‘yxat asosida;
  • urush nogironlari, bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar;
  • ayollarga 54 yoshga to‘lib, 20 yillik ish stajiga ega bo‘lganida.

Ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan erkaklar58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lganda, ayollar — 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda muddatidan oldin pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.

Pensiya tayinlash uchun Pensiya jamg‘armasining bo‘limiga murojaat qilish mumkin
  • ishlayotganlar - tashkilot ma’muriyati orqali;
  • dehqon xo‘jaliklari a’zolari, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar - mustaqil ravishda ariza bilan;
  • ishlamaydigan fuqarolar - mustaqil ravishda ariza bilan.

Pensiya tayinlashda taqdim etiladigan hujjatlar
  • ish stajini, xamda maxsus ish stajini tasdiqlovchi hujjat;
  • ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;.

Pensiya tayinlashda zarurat tug‘ilsa, boshqa hujjatlar ham talab etilishi mumkin.

Pensiya tayinlash muddatlari
  • pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab 60 kungacha murojaat qilinsa – pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan, ya’ni pensiya tayinlash yoshiga etgan va ish stajiga ega bo‘lgan kundan boshlab;
  • 60 kunlik murojaat qilish muddati o‘tkazib yuborilganda murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi.

Bir pensiyadan boshqasiga o‘tkazish pensioner tegishli ariza va barcha zarur hujjatlar bilan murojaat etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan e’tiboran amalga oshiriladi.


  • O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga yuqorida ko‘rsatilgan tartibda pensiya tayinlanadi.
  • Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga murojaat qilish uchun  "1140" ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qiling.
  • Xalq bankiga murojaat qilish uchun havolaga o‘ting yoki "1106" ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qiling.

Hayotiy misol

Savol: Mening pensiyaga chikishimga 8 oy 23 kun qoldi, zavodda ishlayman zavod o‘z faoliyatini tugatmoqchi, meni muddatidan oldin pensiya chiqarishadimi shunday xolatda qonunchilikda nimalar deyilgan?

Javob: Agar tashkilot tugatilayotgan bo‘lsa muddatidan oldin pensiyaga chiqishingiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni 49-moddasi 8-xat boshiga asosan texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyati o‘zgarishiga olib kelgan ish hajmlari qisqarganligi yoxud tashkilot tugatilganligi munosabati bilan bo‘shatilgan, ishsiz deb e’tirof etilgan, qonun hujjatlariga muvofiq pensiyaga chiqish uchun talab etiladigan umumiy mehnat stajiga ega bo‘lgan shaxslarga muddatidan oldin (qonun hujjatlarida belgilangan umumiy asoslarga ko‘ra pensiya tayinlash muddatidan ikki yil avval) pensiyaga chiqish huquqi beriladi.

Shu qonunga asosan Siz bandlikka ko‘maklashish markaziga murojaat qilasiz, Sizni ishsiz deb e’tirof etgandan keyin pensiyaga chiqishingiz mumkin.

Chat