Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 37649 marta o'qildi

Qozog‘iston Respublikasidagi oliygoxda o‘qiyman. O‘zbekistonga o‘qishimni qo‘chirish masalasi bo‘yicha murojaat qilish muddatlari qanday?

✅ O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020-yil 4-fevraldagi 12-son bayoni bilan qo‘shni davlatlar (Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston)dagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga o‘qishini Respublikamiz oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha arizalar 7 fevradan 15-fevralgacha qabul qilinishi belgilangan. Rossiya Federatsiyasi, Ukraina boshqa MDH davlatlari, xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan talabalar amaldagi tartibga ko‘ra, xududiy ishchi guruhlarga 2020-yilning 15-iyuldan 5-avgustga qadar murojaat qilishi mumkin.

Maktablarda daftar tekshirish, sinf rahbarligi uchun pul to‘lanmaydi deyishdi. Shu ma’lumotga aniqlik kiritib bersangiz?

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-apreldagi 232-son qaroriga asosan 2020-yil 16-apreldan boshlab 1 oktyabrga qadar umumta’lim muassasalarida faqat direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilib kelgan barcha to‘lovlar hisoblanishi to‘xtatiladi.

✅ Bunda direktor jamg‘armasi hisobidan amalga oshirilmaydigan, jumladan, toifalar bo‘yicha bazaviy tarif stavkalar, chet tili o‘qituvchilari uchun ustama, daftar tekshirish va informatika kabineti mudirligi (mehnat ta’tilidan tashqari bo‘lgan yozgi o‘quv ta’tili davri bundan mustasno), sinf rahbarligi uchun qo‘shimcha to‘lovlar, ixtisoslashgan maktablardagi xodimlarga belgilanadigan ustamalar, olis hududlarga borib ishlayotganligi uchun ustama va boshqa to‘lovlar saqlanadi.

Maktabga qabul qilish yoshi qanday?

✅ Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida»gi nizomga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-sinfiga 6–7 yoshli bolalar tibbiy xulosaga muvofiq qabul qilinadi.

✅ Tegishli yilning 31-avgustiga qadar 6,5 yoshga to‘lmagan, 1-sinfda o‘qish istagini bildirgan bolalarning ota-onalari bilan mazkur umumiy o‘rta ta’lim muassasasining pedagog xodimlari va psixologi tomonidan bolani maktabda o‘qish uchun jismonan va ruhan tayyorlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi.

Talabalarni turar joylarga joylashtirish qay tarzda amalga oshiriladi?

✅ Talabalarni turar joylariga joylashtirish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2006-yil 17-yanvardagi “Talaba(o‘quvchi)lar turar joyi faoliyatiga oid yangi tahrirdagi me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 11-sonli buyrug‘i talablari asosida amalga oshiriladi. Bu borada yanada to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lish istagi bo‘lgan yoshlar oliy ta’lim muassasasi rahbariyatiga murojaat etishlari mumkin.

Xorijiy fuqarolarni ta’lim muassasalariga qabul qilish qanday tartibda amalga oshiriladi?

O‘zbekiston Respublikasida xorijiy fuqarolarni ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish:

a) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari;

b) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda dastlabki ekspertizadan va ro‘yxatdan o‘tkaziladigan jamoaviy va shaxsiy shartnomalar hamda kontraktlar (shu jumladan, kelish maqsadlaridan qat’i nazar respublikaga haqiqiy vizalar bo‘yicha kelgan xorijiy fuqarolar bilan tuzilgan) asosida amalga oshiriladi.

Oliy ta’lim muassasalariga umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ma’lumotiga muvofiq bo‘lgan ma’lumotga ega xorijiy fuqarolar qabul qilinishi mumkin.

Xorijiy fuqarolar oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadigan tartibda o‘tkaziladigan suhbat natijasiga ko‘ra qabul qilinadi.

Talaba qanday hollarda o‘qishdan chetlashtiriladi?

a) o‘z xohishiga binoan;
b) o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
g) o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
d) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
e) o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
j) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
z) sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda;
i) vafot etganligi sababli ushbu havolaga o‘ting.

 

Chat