Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
✅ Fuqarolik kodeksining 187-moddasida egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat nazarda tutilgan bo‘lib, bunda mulkdor bo‘lmagan, lekin ko‘chmas mol-mulkka 15 yil davomida o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs ushbu mol-mulkka mulk huquqini olishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
✅ Qurilish maqsadlari uchun ajratilgan er uchastkalarida, imorat qurish uchun tegishli ruhsatnoma olmasdan, arxitektua va qurilish normalarini buzgan holda qurilgan ko‘chmas mulklar o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat deb topiladi. Imoratni qurgan shaxs 15 kunlik muddat ichida uni buzib tashlashi shart. Agarda shu mudat ichida buzib tashlanmasa tuman hokimi huzuridgi tegishli komissiya tomonidan sud tartibida amalga oshiriladi.
✅ Fuqarolik kodeksining 1146-moddasiga ko‘ra, Siz meros ochilgan joydagi notariusdan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma olasiz, shuningdek, merosni qabul qilib olgan merosxo‘rlardan biri merosning taqsimlanishini talab qilishga haqli, agarda merosni taqsimlashda merosxo‘rlar kelishuvga erisha olmasa sud tartibida amalga oshiriladi. Keyin har kim o‘z merosiga nisbatan tuman kadastr bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.
✅ Iste’molchi yashamaydigan va xizmat safariga ketgan vaqtda xonadonini tabiiy gaz tarmog‘idan uzish uchun tumangaz filiali rahbari nomiga ariza asosida murojaat qilib, tabiiy gaz tarmog‘idan vaqtincha uziladi. Debitor qarzdorligi mavjud xonadonlar shartnoma shartlariga asosan, ogohlantirish berilgandan so‘ng, 10 kundan keyin tabiiy gaz tarmog‘idan uziladi. ✅ Iste’molchi tabiiy gaz tarmog‘iga ulanishi uchun aniqlangan qarzdorlik to‘langanligi bo‘yicha to‘lov qog‘ozi (kvitantsiya) nusxasini taqdim etgandan so‘ng, tumangaz rahbari nomiga ariza bilan murojaat qilib, iste’molchi hisobidan tabiiy gaz tarmog‘iga qayta ulanishi mumkin.
1. Kimlarga elektr va gaz to‘lovlarining bir qismi kompensatsiya qilib beriladi?
× Ijtimoiy himoya reestiriga kiritilgan oylik daromadi har bir oila a’zosiga 669 ming so‘mdan kam oilalar;
× Reestrlarga kiritilmagan, Reestrlarga kirmagan, ammo mol-mulki kam va oylik daromadi har bir oila a’zosiga 1 mln 3 ming 500 so‘mdan kam bo‘lgan oilalar
2. Kompensatsiya miqdori qancha?
× elektr uchun – oyiga bazaviy me’yordan (ya’ni, 200kVt soatdan) ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha;
× gaz uchun – noyabrь-fevralь oylarida bazaviy me’yordan (ya’ni, 500 kub metrdan) ko‘p foydalanilgan 250 kub metrgacha, boshqa davrlarda esa 150 kub metrgacha ortiq foydalanilgan qismi uchun.
3. Kompensatsiya olish uchun qaerga murojaat qilish kerak?
× Kompensatsiya olish uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki mahallalarda faoliyat yurituvchi ijtimoiy xodimlarga murojaat qilish kerak.
× Bunda arizada pasport ma’lumotlari, abonent raqami va telefon raqami ko‘rsatiladi.
× Arizalar har oyning 15-sanasiga qadar qabul qilinadi.
4. Kompensatsiya har oy to‘lab beriladimi?
× Kompensatsiya oluvchi oilalarning mezonlarga mosligi har oyda avtomatik o‘rganilib, mezonlarga mos kelgan taqdirda, keyingi oylar uchun alohida murojaat talab etmagan holda kompensatsiya to‘lovi davom ettiriladi.
5. Isitish mavsumida kimlarga bir martalik moddiy yordam ajratiladi?
2025/2026-yil isitish mavsumida noyabrь oyida quyidagi oilalarga 1 mln so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi:
× reestrlarga kiritilgan oilalarga;
× “mahalla ettiligi” xulosasi asosida Reestrlarga kiritilmagan, yordamga muhtoj oilalarga.
Bunda “mahalla ettiligi” tomonidan qo‘shimcha ro‘yxat shakllantirilishida, birinchi navbatda, quyidagilar inobatga olinadi:
× boquvchisini yo‘qotgan oilalar;
× a’zolari I yoki II guruh nogironi bo‘lgan shaxslardan iborat oilalar;
× nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan oilalar;
× uzoq davolanishni talab etadigan kasalliklar bilan kasallangan shaxslar yashovchi oilalar;
× o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchilar va yolg‘iz keksalar;
× nogironligi bo‘lgan shaxslar;
× 3 va undan ortiq oila yashaydigan xonadonlarda hamda gaz bo‘lmagan va markazlashtirilgan tartibda isitilmaydigan ko‘p qavatli uylarda yashovchi oilalar.