Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 16697 marta o'qildi

Uy-joy qurish uchun er uchastkalari auktsion orqali ajratilganida, er uchastkalari qaysi hududdan beriladi?

✅ Yakka tartibda uy-joy qurish uchun er uchastkalari meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish «E-IJRO AUKSION» yagona savdo maydonchasida elektron auktsionlar o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

✅ Er uchastkalari faqat shaharsozlik hujjatlari (aholi punktining bosh rejasi va aholi punkti tegishli qismining BRL) bilan ta’minlangan aholi punktlari hududlarida beriladi (auktsionga qo‘yiladi).

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalari auktsion orqali beriladimi?

✅ Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan er uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq er uchastkalarini taqdim etish hollari mustasno bo‘lgan holda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun faqat «E-IJRO AUKSION» savdo maydonchasida elektron onlayn-auktsion orqali beriladi.

Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun fuqarolarga er uchastkalari berish tartibi qanday?

✅ O‘zbekiston Respublikasi Er kodeksining 55-moddasiga ko‘ra, oilali va qishloq joylarda kamida 3 yil mobaynida yashab turgan fuqarolarga, shuningdek tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashining birgalikda berilgan tavsiyasiga ega bo‘lgan yosh fuqarolarga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga er uchastkasi sug‘oriladigan erlarda 0,35 gektargacha va sug‘orilmaydigan (lalmikor) erlarda 0,5 gektargacha o‘lchamda, cho‘l va sahro mintaqasida esa sug‘orilmaydigan yaylovlardan 1 gektargacha o‘lchamda beriladi.

✅ Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun er uchastkalari imoratlar va inshootlar qurish huquqisiz beriladi.

✅ Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun er uchastkasini olishga muhtoj bo‘lgan fuqarolar yashash joyidagi tuman (shahar) hokimligiga oilasining tarkibini va er uchastkasining mo‘ljallangan joyini ko‘rsatgan holda ariza beradi.

 

Chat