Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5700 marta o'qildi

Masofaviy ish - xodimning mehnat majburiyatlarini doimiy ish joyi, hudud yoki ob’ektdan tashqarida bajariladigan ish usuli.

  • Masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish jadvalida yoki uyda ishlashga o‘tish huquqidan birinchi navbatda homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar va surunkali kasalliklarga chalingan xodimlar foydalanadi.
  • Xodimni masofaviy ishga vaqtinchalik o‘tkazishda ish beruvchi tomonidan vaqtinchalik ishga o‘tkazish haqida muddati ko‘rsatilgan buyruq chiqariladi.

Masofaviy ishga o‘tkazishda mehnat shartnomasiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritiladi
  • ish beruvchi va xodim o‘rtasida elektron hujjat almashinuvi bo‘yicha o‘zaro aloqalar tartibi;
  • xodimning mehnat majburiyatlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan jihozlar va/yoki texnika vositalaridan foydalanish tartibi, agar tomonlar tarafidan xodimga tegishli jihozlar va/yoki texnika vositalaridan foydalanish to‘g‘risidagi kelishuv mavjud bo‘lsa;
  • ish beruvchi bilan doimiy aloqalarini ta’minlash maqsadida xodimni aloqa vositalari bilan ta’minlash, shu jumladan Internet tarmog‘idan foydalanish;
  • ish beruvchi tomonidan xodimga berilgan jihozlar va texnikalarning xodimning aybi bilan buzilganda, etkazilgan zararni xodim tomonidan ish beruvchiga qoplab berish bilan bog‘liq shartlar;
  • xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarish uchun shaxsiy jihozlar va/yoki texnika vositalaridan, shuningdek aloqa vositalari, shu jumladan Internet tarmog‘idan foydalangan taqdirda xarajatlarni qoplash tartibi va shartlari;
  • xodim va ish beruvchining zaruriy mehnat muhofazasi va mehnat sharoitlariga amal qilish bo‘yicha majburiyatlari;
  • xodimni ishlab chiqarish zaruriyati tug‘ilganda doimiy ish joyiga o‘tkazish shartlari.

  • Xodim ish vaqtining davomiyligi va tartibini ishlab chiqarish topshirig‘ining hajmi va mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan boshqa shartlardan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda belgilaydi.

Masofaviy ishga vaqtinchalik o‘tkazilgan xodimning mehnatiga haq to‘lash
  • mehnatga haq to‘lashdagi soatbay asosida — xodimning masofaviy ishga o‘tkazilgunga qadar belgilangan tarif stavkasi (lavozim okladi)dan kelib chiqqan holda;
  • mehnatga haq to‘lashdagi ishbay asosida — o‘rnatilgan narxlardan kelib chiqqan holda.

  • Shunigdek, xodim xohishiga ko‘ra va ish beruvchining roziligi bilan xodim vaqtinchalik uyda ishlashi uchun uy mehnati sharoitiga o‘tkazilishi mumkin.
  • Xodimni vaqtinchalik uyda ishlashga o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq chiqariladi.

Xodimni vaqtinchalik uyda ishlashga o‘tkazishda mehnat shartnomasiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritiladi
  • xodim uyda bajarishi lozim bo‘lgan ish turlari;
  • xodim lavozim vazifalarini bajarishi uchun jihozlar, asbob-uskunalar, butlovchi mahsulotlar, xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, shuningdek ishlab chiqarish topshirig‘ini taqdim etish tartibi;
  • xodim va ish beruvchining zaruriy mehnat muhofazasi va sharoitlariga amal qilish bo‘yicha majburiyatlari;
  • xodim tomonidan o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishda shaxsiy jihozlari, asboblari va inventarlarining ishlatilishi, shuningdek xodimning mehnat qilishi munosabati bilan energiya, suv, aloqa uchun xarajatlarini qoplash bo‘yicha shartlari va tartibi;
  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar ham nazarda tutilishi mumkin.

Uyda ishlashga o‘tkazilgan xodimning mehnatiga haq to‘lash
  • mehnatga haq to‘lashdagi soatbay asosida — xodimning uyda ishlashga o‘tkazilgunga qadar belgilangan tarif stavkasi (lavozim okladi)dan kelib chiqqan holda;
  • mehnatga haq to‘lashdagi ishbay asosida.

Chat