Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9427 marta o'qildi

Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari departamenti Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti etib qayta tashkil etildi.

Departamentga bir qator qo‘shimcha vazifalar yuklatildi:
  • milliy iqtisodiyotning muhim vazifalarini hal etish hamda uni barqaror rivojlantirishga qaratilgan integratsiyalashuv imkoniyatlarini kengaytirish ishlari muvofiqlashtirish;
  • sanoat ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va diversifikatsiyasini ta’minlash hamda energetika, agrar sohalarni jadal rivojlantirish siyosatini amalga oshirishga qaratilgan integratsiyalashuv imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha ishlar muvofiqlashtirish;
  • respublikaning boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan integratsiyalashuvi sharoitida bojxona-tarif va notarif tartibga solishning samarali tizimini rivojlantirish va uni qo‘llash choralari muvofiqlashtirish;
  • respublikada transport kommunikatsiyalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmalarida islohotlar amalga oshirilishining kompleks o‘rganilishi va tahlil qilinishini tashkil etish natijalari asosida integratsiyalashishga doir takliflar ishlab chiqish;
  • O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi yuzasidan tizimli monitoring olib borildi, hamda tegishli ma’lumotlarni to‘plandi, umumlashtirildi va tahlil qilish.

Bir qator vazirlik va idoralar markaziy apparati tuzilmasida xodimlar umumiy cheklangan soni doirasida O‘zbekiston iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi masalalari bilan shug‘ullanuvchi tarkibiy bo‘linmalar tashkil etildi.

Chat