Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6969 marta o'qildi

Farmonga muvofiq, 2020-yil 1-iyuldan 2020-yil 31 dekabrga qadar:
  • umumiy ovqatlanish korxonalari va binolarni ijaraga berishga ixtisoslashgan korxonalar aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashdan ozod etiladi;
  • jismoniy shaxslar ko‘chmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lashdan ozod etiladi;
  • mol-mulkini (binolar va avtomobil transporti) ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarga soliq maqsadida ijara to‘lovlarining eng kam stavkalarini qo‘llash tartibi to‘xtatib turiladi;
  • ijaraga beruvchilarga 2020-yil uchun ijara to‘lovi miqdorini pasaytirish maqsadida, shu jumladan taqdim etilayotgan soliq imtiyozlarini inobatga olgan holda ijara to‘lovini qayta ko‘rib chiqish tavsiya etiladi.

2020-yil 1 apreldan 2020-yil 31 dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari alkogolь mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imni to‘lashdan ozod qilinadi.

Prezidentning 2020-yil 19-martdagi PF–5969-son Farmonida belgilangan alkogolь mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning ajratmalari miqdorini 5 foizdan 3 foizga pasaytirishga doir imtiyoz muddati 2020-yil 31 dekabrga qadar uzaytiriladi.

Umumiy ovqatlanish korxonalariga alkogolь mahsulotlarini yetkazib berish orqali sotish huquqi beriladi.

Chat