Sudьyalar huquqlari
- Mansabdor shaxslar va fuqarolardan odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z farmoyishlarining bajarilishini talab qilish;
- Mansabdor va boshqa shaxslardan odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborot olish;
- Uyushmalarga birlashish huquqiga ega.
- Sudьyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar sudьyalarning odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan talab va farmoyishlarini so‘zsiz bajarishlari shart. Odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborot, hujjatlar va ularning nusxalari sudьyalarning talabiga muvofiq bepul beriladi. Sudьyalarning talablari va farmoyishlarini bajarmaslik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Sudьyalarning majburiyatlari
- O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga og‘ishmay rioya etishi;
- fuqarolarning huquq va erkinliklari, sha’ni, qadr-qimmati hamda mol-mulki, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashi;
- o‘z vakolatlarini amalga oshirishda, shuningdek xizmatdan tashqari munosabatlarda Sudьyalik odobi kodeksi talablariga rioya etishi, sud hokimiyati obro‘sini, sudьyaning sha’ni va qadr-qimmatini tushirishi yoki uning beg‘arazligi, xolisligi va adolatliligiga shubha tug‘dirishi mumkin bo‘lgan har qanday xatti-harakatdan o‘zini tiyishi;
- korruptsiyaning har qanday ko‘rinishlariga va odil sudlovni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga g‘ayriqonuniy aralashishga urinishlarga qarshilik ko‘rsatishi hamda bunday holatlar aniqlangan taqdirda bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sudьyalar oliy kengashiga xabar qilishi;
- sud protsessi ishtirokchilarini hurmat qilishi;
- o‘z malakasini sudьyalik vakolatlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan darajada saqlab turishi;
- manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda o‘zini o‘zi rad qilishi va sud protsessi ishtirokchilarini xabardor qilishi shart.
Sudьyalarning intizomiy javobgarligi
- Odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzganligi uchun;
- Sud ishini tashkil etishda beparvoligi yoki intizomsizligi oqibatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun;
- Sudьyalik sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan hamda sudning obro‘sini tushiradigan nojo‘ya xatti-harakat sodir etganligi uchun;
- Sudьyalar odobi kodeksi talablarini buzganligi uchun
Sud qarorining bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishining o‘zi, sud qarorini chiqarishda qatnashgan sudьyaning, agar u ataylab qonun buzilishiga yoki jiddiy oqibatlarga olib kelgan vijdonsizlikka yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa, javobgar bo‘lishiga sabab bo‘lmaydi.
Agar intizomiy jazo choralari berilganidan keyin bir yil mobaynida sudьya ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etmasa, u intizomiy javobgarlikka tortilmagan deb hisoblanadi.
Sudьyalarni intizomiy javobgarlikka tortish tartibi qonun bilan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.