Sudьyalar malaka hay’atlari faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 7-dekabrda qabul qilingan 323-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Sudьyalarning malaka hay’atlari to‘g‘risida"gi nizom bilan tartibga solinadi
Sudьyalarning malaka hay’atlari O‘zbekiston Respublikasi Sudьyalar oliy kengashining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishida unga ko‘maklashadi.
Sudьyalar oliy malaka hay’ati O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan 5 yil muddatga saylanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudьyalarining malaka hay’atlari tegishli sudlar sudьyalarining konferentsiyalarida 5 yil muddatga saylanadi.
Sudьyalar malaka hay’atlarining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.