Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 24103 marta o'qildi

16 yoshga etgan hamda ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mehnatga oid munosabatlarning sub’ektlari bo‘lishi mumkin.

Har bir shaxs mehnat qilish, erkin ish tanlash, haqqoniy mehnat shartlari asosida ishlash va qonunda belgilangan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.

Har bir xodim quyidagi huquqlarga ega
  • o‘z mehnati uchun qonun hujjatlarida Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilanganidan oz bo‘lmagan miqdorda haq olish;
  • muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasblar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek haq to‘lanadigan yillik ta’tillar berish orqali ta’minlanadigan dam olish;
  • xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish;
  • kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
  • ish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash;
  • kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish;
  • qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish;
  • o‘zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali himoya qilish va malakali yuridik yordam olish;
  • jamoalarga doir mehnat nizolarida o‘z manfaatlarini quvvatlash huquqiga egadir.


Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish beruvchilar ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Chat