Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10511 marta o'qildi

Barcha fuqarolar mehnat munosabatlarida teng huquq va imkoniyatga ega.


 

  • Xodimlarning ishchanlik qobiliyati va mehnatining natijalariga aloqador bo‘lmagan (jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqei, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi va h.k.) jihatlariga qarab har qanday cheklashlarga yoki imtiyozlar belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi va bular kamsitish deb hisoblanadi.
  • Mehnatning muayyan turiga xos bo‘lgan talablar yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar (ayollar, voyaga etmaganlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va b.) g‘amxo‘rligi bilan bog‘liq farqlash kamsitish deb hisoblanmaydi.

Mehnat sohasida o‘zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitishni bartaraf etish hamda o‘ziga etkazilgan moddiy va ma’naviy zararni to‘lash to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.

Chat