Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 14696 marta o'qildi

Davlat ishga joylashtirish uchun qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlaydi.

Qo‘shimcha kafolatlar quyidagilar uchun
  • ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan shaxslar, shu jumladan 14 yoshga to‘lmagan bolalari va nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz ota, yolg‘iz onalar hamda ko‘p bolali ota-onalar;
  • kasb-hunar ta’limi muassasalarining va oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilar;
  • Qurolli Kuchlardan muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilganlar;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslar va pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar;
  • pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun
  • jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinganlar;
  • odam savdosidan jabrlanganlar.

Qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlash yo‘llari
  • qo‘shimcha ish joylari yaratish;
  • ixtisoslashtirilgan korxonalar, shu jumladan nogironligi bo‘lganlar mehnat qiladigan korxonalar barpo etish;
  • maxsus o‘quv dasturlarini tashkil etish;
  • korxonalarga fuqarolarni ishga joylashtirish uchun minimal ish joylarini belgilash.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining milliy vakansiyalar bazasiga havola orqali o‘tish mumkin.

Chat