Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 13781 marta o'qildi

O‘rindoshlik asosida ishlash — xodimning o‘zining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan bo‘sh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq to‘lanadigan ishni bajarishi.

  • O‘rindosh xodim uchun ish vaqti (hajmi) belgilangan normaning yarmidan ko‘p bo‘lishi mumkin emas (sog‘liqni saqlash tizimi vrach xodimlari bundan mustasno).

O‘rindoshlik asosidagi ish joyi bo‘yicha nafaqa olish

O‘rindoshlar o‘rindoshlik asosidagi ish joyi bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari olish huquqiga ega.

O‘rindoshlik asosida ishlash taqiqlangan shaxslar va ishlar
  • 18 yoshga to‘lmagan shaxslar;
  • noqulay mehnat sharoitlarida ishlayotganlar shunday shart-sharoitdagi o‘rindoshlik ishlarda (sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlari xodimlari bundan mustasno);
  • avtomobilь tashuvlari xavfsizligini ta’minlash xizmatining ishchisi (mutaxassisi) sifatida;
  • respublika darajasidagi davlat boshqaruv organlari rahbar xodimlari;
  • viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari;
  • bir-biriga bo‘ysunuvchi yoki nazorat qiluvchi davlat boshqaruvi organlari mutaxassislari (sog‘liqni saqlashni va ta’lim tizimidagi vrachlar va o‘qituvchilar bundan mustasno);
  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shaxslar (xodimlar).

O‘rindoshlik asosida ishlash hisoblanmaydigan ishlar ro‘yxati quyidagi havolada keltirilgan.

Chat