Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8095 marta o'qildi

Xodim jamiyat manfaatlariga doir harakatlar qilganda (avariyalar, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish, inson hayotini saqlab qolish va boshqa hollarda) ana shu davrda uning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlanadi.

Tibbiy tekshiruvdan o‘tadigan kuni va quyish uchun qon topshiradigan kuni xodimlarga sog‘liqni saqlash muassasalariga borishlariga ish beruvchi moneliksiz ruxsat berishi shart.

Donorlik qiluvchi xodimlarga har safar quyish uchun qon topshirgan kunning ertasiga albatta dam olish uchun bir kun beriladi. Xodimning xohishiga ko‘ra bu kun ta’tilga qo‘shib beriladi. Tekshiruvdan o‘tadigan va quyish uchun qon topshiradigan kuni ishdan ozod etilgan davr uchun, shuningdek dam olish kunlari xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanadi.

O‘rtachi oylik ish haqini hisoblash tartibi

Ta’tillar vaqtiga haq to‘lash, ishdan bo‘shatish nafaqasini, ishsizlik nafaqasini to‘lash, shuningdek oliy ta’lim tizimida o‘qish, qayta tayyorlash va malaka oshirish davri uchun o‘rtacha oylik ish haqi birinchi yil ishlovchilarga hisoblab chiqarish kunidagi tarifikatsiya bo‘yicha belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan kelib chiqqan holda ularni o‘n ikkidan birga (6 oy to‘liq ishlaganlarga oltidan birga; 7 oy to‘liq ishlaganlarga ettidan birga va hokazolar), o‘rta maxsus va hunar-texnika o‘quv yurtlari o‘qituvchilari uchun hisoblash davrida tarifakatsiya bo‘yicha belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan oshgan summani o‘ndan birga oshirgan holda hisoblab chiqariladi.

Ularga ishbay asosida ishlab topilgan qo‘shimcha ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ish haqiga qo‘shimcha haqlar va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallar hisoblanadigan boshqa to‘lovlar kiradi.

Chat