Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 15578 marta o'qildi

Fuqaroni ishga qabul qilish uning mutaxassisligi, malakasi etarli bo‘lmaganda va qonunda belgilangan boshqa asoslarda rad etilishi mumkin.

Ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish mumkin emas


Quyidagilar g‘ayriqonuniy rad etish deb hisoblanadi

Quyidagilar ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish deb hisoblanadi:

  • ushbu Mehnat kodeksining 6-moddasini birinchi qismi talablarining buzilishi;
  • ish beruvchi tomonidan taklif qilingan shaxslarni ishga qabul qilmaslik;
  • ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasi tuzishi shart bo‘lgan shaxslarni (belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslarni; homilador ayollarni va uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarni — tegishincha ularning homiladorligi yoki bolasi borligini vaj qilib) ishga qabul qilmaslik;
  • muqaddam sudlangan shaxslarni ishga qabul qilmaslik, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno, yoxud shaxslarni ularning yaqin qarindoshlari sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilmaslik;
  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollar.

  • Ishga qabul qilish rad etilganda, ish beruvchi uning sababini ko‘rsatgan holda 3 kun ichida yozma javob berishi shart.
  • Ishga kirayotgan shaxsning pasporti (ID karta) haqiqiy bo‘lmasa, ishga qabul qilish rad etilishi mumkin.
  • Ishga qabul qilish g‘ayriqonuniy rad etilganda, mehnat huquqini himoya qiluvchi tashkilotlarga murojaat etish uchun havolaga o‘ting.

Foydali havolalar

► Davlat mehnat inspektsiyasi sayti, agar mehnat huquqlaringiz buzilgan bo‘lsa 

► O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga savol yo‘llash 

► O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi telefon raqamlar ma’lumotnomasi 

► Xorijda ishlashni xohlovchi fuqarolarning Umummilliy ma’lumotlar bazasi 

Chat