Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 63617 marta o'qildi

Barcha xodimlarga  ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlangan holda 15 ish kunidan kam bo‘lmagan yillik mehnat ta’tillari beriladi.

Yillik uzaytirilgan asosiy ta’tillar

Quyidagilarga ularning yoshi va sog‘lig‘i holatini hisobga olib, yillik uzaytirilgan asosiy ta’til beriladi:

  • 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga — 30 kalendarь kun;
  • ishlayotgan I va II guruh nogironlariga — 30 kalendarь kun.

Ayrim toifadagi xodimlarga ularning mehnat vazifalarining o‘ziga xos jihatlari va xususiyatlarini hamda boshqa holatlarni e’tiborga olib, qonunchilikka muvofiq uzaytirilgan ta’tillar belgilanadi.

  • pedagoglarga - 48 kalendarь kun;
  • pilotlar (uchuvchilar) - 45 kalendarь kun;
  • deputat, senatorlar, sudьyalar - 36 kalendarь kun;
  • prokuratura organlari xodimlari, qutqaruv xizmatlari, bojxona xizmati xodimlari, ichki ishlar organlari xodimlariga - 30 kalendarь kun.

Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari yoki boshqa normativ hujjatlarda belgilanganidan tashqari, mehnat shartnomasining shartlarida ham uzaytirilgan yillik ta’tillar berish nazarda tutilishi mumkin.


Qo‘shimcha manbalar:

  1. O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuni 4-moddasining uchinchi qismi,
  2. O‘zbekiston Respublikasining «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonuni (yangi tahriri) 75-moddasining uchinchi qismi,
  3. O‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonuni (yangi tahriri) 50-moddasining uchinchi qismi,
  4. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni 21-moddasining birinchi qismi,
  5. O‘zbekiston Respublikasining «Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida»gi Qonuni 15-moddasining ikkinchi qismi,
  6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomning 54-bandi.

Yillik qo‘shimcha ta’tillar quyidagi xodimlarga beriladi

Qo‘shimcha ta’tillar:

  • mehnat sharoiti noqulay va o‘ziga xos bo‘lgan ishlarda band bo‘lgan xodimlarga (137-modda);
  • og‘ir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ish bajarayotgan xodimlarga (138-modda);

mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda beriladi.


Korxonalarda qo‘shimcha ta’til olish huquqini beruvchi ishlar, kasblar va lavozimlar ro‘yxati, ta’tillarning muddati, ularni berish tartibi va shartlari tarmoq kelishuvlari, jamoa shartnomasi bilan (agar ular tuzilmaydigan bo‘lsa, kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib ish beruvchi tomonidan) belgilanadi.

Qo‘shimcha ta’til muddati, alohida mehnat sharoitlari uchun ularni taqdim etish shartlari va tartibi, o‘ta zararli va og‘ir ish sharoitlari haqidagi ma’lumotlarni bu erda olish mumkin.

Yillik ta’tillarning muddatini hisoblash
  • Ta’tillarning muddati olti kunlik ish haftasi yuzasidan kalendarь bo‘yicha ish kunlari bilan hisoblab chiqariladi.
  • Ta’til davriga to‘g‘ri kelib qolgan va bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlanmaydigan kunlar deb hisoblanadigan bayram kunlari ta’til muddatini belgilashda hisobga olinmaydi.


Yillik asosiy va qo‘shimcha ta’tillarni jamlash tartibi:

  • Yillik ta’tilning umumiy muddatini hisoblab chiqarishda qo‘shimcha ta’tillar yillik asosiy ta’tilga (shu jumladan uzaytirilgan ta’tilga ham) qo‘shib jamlanadi.
  • Barcha hollarda qonunchilik bilan belgilangan ta’tillarni jamlashda ularning umumiy muddati qirq sakkiz ish kunidan oshib ketishi mumkin emas.

Ta’tillar muddatini ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarish tartibi:

  • Ta’tillar muddatini ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarishda ularning muddati har bir to‘liq ta’til miqdorini o‘n ikkiga bo‘lib, so‘ng to‘liq ishlangan oylar soniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda o‘n besh kalendarь kunga teng va undan ko‘p bo‘lgan kunlar bir oy deb yaxlitlanadi, o‘n besh kalendarь kundan kami esa chiqarib tashlanadi.

Ta’tillar uchun haq to‘lash:

  • Yillik ta’tillar davri uchun xodimga o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lash kafolatlanadi.
  • Ta’til uchun haq to‘lash jamoa shartnomasida belgilangan muddatlarda, lekin ta’til boshlanmasidan oldingi oxirgi ish kunidan kechikmay amalga oshiriladi.
Chat