Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 37460 marta o'qildi

Fermer xo‘jaligini tashkil etish tartibi
  • Fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun, avvalo, uni tashkil etmoqchi bo‘lgan shaxs belgilangan tartibda er uchastkasi olishi kerak. Er olish tartibi bilan tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting.
  • Fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarda va zaxira erlarda tashkil etiladi.
  • Fermer xo‘jaligiga beriladigan er uchastkalarining eng kam o‘lchami O‘zbekiston Respublikasining Er kodeksi bilan belgilanadi.
  • Er uchastkalari berilganda fermer xo‘jaligi o‘z zimmasiga qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi (3 yil uchun o‘rtacha yillik hosil hisobida) qonunchilikda belgilangan normativ hosildorlikdan kam bo‘lmasligini ta’minlash majburiyatini oladi. Bu majburiyat er uchastkasini ijaraga olish shartnomasida mustahkamlab qo‘yiladi.
  • Fermer xo‘jaligi shu xo‘jalik boshlig‘i tomonidan tashkil etiladi, u fermer xo‘jaligiga tegishlicha alohida mol-mulk ajratib beradi va ustavini tasdiqlaydi.
  • Fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun uning boshlig‘i belgilangan tartibda er uchastkasi olishi kerak.

Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi
  • Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi - qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish bilan birga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligidir;
  • Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reestri O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi tomonidan yuritiladi;
  • Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining er uchastkalarini ijaraga olish huquqi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinganda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi o‘z rahbari tomonidan uning tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish orqali qayta tashkil etilishi mumkin;
  • Fermer xo‘jaligiga berilgan er uchastkalaridan qat’iy belgilangan maqsadda foydalaniladi.
  • Ular xususiylashtirilishi, shuningdek oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash ob’ekti bo‘lishi berilishi mumkin emas.

Fermer xo‘jaligida soliq va to‘lovlar
  • Fermer xo‘jaligi aylanma va er solig‘i to‘lovchisi hisoblanadi.
  • Er uchastkalaridan foydalanganlik uchun er solig‘i stavkalari bilan quyidagi havolada tanishing.
  • Shuningdek, fermer xo‘jaliklariga berilgan soliq imtiyozlari bilan quyidagi havolada tanishing.

Fermer xo‘jaligida mehnat munosabatlari
  • Fermer xo‘jaligida mehnat munosabatlari, ya’ni, xodimlarni ishga olish, ularga ish haqi to‘lash, ijtimoiy himoya qilish masalalariga, birinchi navbatda, fermer xo‘jaligi rahbari mas’ul hisoblanadi.
  • Fermer xo‘jaligi (ish beruvchi) va uning xodimlari o‘rtasidagi mehnatga oid munosabatlar mehnat shartnomasi (kontrakti) bilan tartibga solinadi.
  • Fermer xo‘jaligidagi ish tartibi xo‘jalik boshlig‘i tomonidan belgilanadi. Fermer xo‘jaligi xodimlarining mehnat faoliyati hisobini olib borish xo‘jalik boshlig‘i tomonidan tashkil etiladi.
  • Fermer xo‘jaligi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash taraflarning kelishuviga ko‘ra pul hamda natura tarzida, qonunchilikda Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilangan miqdordan oz bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Fermer xo‘jaligida ijara huquqi merosi
  • Fermer xo‘jaligi boshlig‘i vafot etgan taqdirda, er uchastkasini ijaraga olish huquqi ijara shartnomasining amal qilish muddatiga meros bo‘yicha o‘tadi.
  • Fermer xo‘jaligi boshlig‘i pensiya yoshiga to‘lganda yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, shuningdek muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan, oliy ta’lim muassasalariga kunduzgi o‘qishga qabul qilingan, saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylangan taqdirda, er uchastkasini ijaraga olish huquqini ijara shartnomasiga o‘zgartishlar kiritish orqali belgilangan tartibda o‘z oila a’zolaridan biriga ijara shartnomasi bilan ma’lum muddatga ijaraga berishi mumkin.

Chat