Dehqon xo‘jaligini davlat ro‘yxatiga olish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Dehqon xo‘jaligi boshlig‘iga Er uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi.
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari har bir dehqon xo‘jaligini Xo‘jalik kitobiga kiritib, unda dehqon xo‘jaligining tarkibi, xo‘jalik boshlig‘i yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxs, shuningdek xo‘jalikning tashkiliy-huquqiy shakli (yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd etib qo‘yadi.
Dehqon xo‘jaliklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi.