Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 24627 marta o'qildi

M. ismli shaxs oilasida 5 nafar farzandi borligi va ulardan ikki nafari oliy ta’lim muassasasida o‘qishi, ulardan biri 19 yoshda, ikkinchisi 21 yoshda ekanligi haqida ma’lum qilib, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlardan foydalanishda “ko‘p bolali oila” deganda qanday oila tushunilishi haqida huquqiy tushuntirish berishni  so‘radi.

Javob: To‘rt nafar va undan ortiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan oila ko‘p bolali oiladir. Bunda, agar to‘rt nafar va undan ortiq bolalaridan bir nafari yoki undan ko‘prog‘i ta’limning kunduzgi shaklida (o‘rta maxsus va professional, oliy ta’lim) ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan hamda yigirma ikki yoshga to‘lmagan bo‘lsa, bu oila ham ko‘p bolali oila deb hisoblanadi.

Qo‘shnim 1941-1945-yillardagi urush qatnashchisi, ayni damda ambulator davolanishga muhtoj. Bunday shaxslarga davlat tomonidan imtiyozlar bormi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 204-sonli qaroriga asosan 1941-1945-yillardagi urush natijasida nogiron bo‘lib qolgan shaxslar, urush qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar ambulator davolanish uchun dori vositalari bilan ta’minlanish imtiyozidan foydalanish huquqiga ega.

Men mehnat organidan ishsizlik nafaqasini olaman. Davlatdan qo‘shimcha moliyaviy yordam olsam bo‘ladimi?

Mehnat organlari tomonidan tayinlangan ishsizlik nafaqasini oluvchi oila a’zolari bo‘lgan hollarda moddiy yordam to‘lovlari yoki boshqa nafaqalar berish rad etiladi.

Ayni paytda nogironlar aravachasiga muhtoj bo‘lgan 1-guruh nogironi T. aravacha olishda davlat tomonidan imtiyozlar bor-yo‘qligiga oydinlik kiritishni so‘radi?

Pensiya yoshidagi shaxslar, 18 yoshgacha nogiron bolalar, 18 yosh va undan katta nogironlar protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya uskunalari va nogironlar aravachalarini bepul olish huquqiga ega.
Ushbu shaxslarga beriladigan protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya uskunalari va nogironlik aravachalari tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tomonidan bepul beriladi.

Chat