Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 40369 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar          


Genderxotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta’lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy jihat hisoblanadi.

Quyidagilar jins bo‘yicha kamsitish hisoblanmaydi
  • bola tug‘ish va ona suti bilan oziqlantirish vazifalari bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishda farqlarni belgilash;
  • qonunda belgilangan tartibda muddatli harbiy xizmatga chaqirish;
  • gender siyosati amalga oshirilishini ta’minlashga doir vaqtinchalik maxsus choralar ko‘rish;
  • xotin-qizlar va erkaklar mehnatini muhofaza qilishda ularning reproduktiv salomatligini saqlash xususiyatlari;
  • majburiyatlar faqat muayyan jinsdagi shaxslar tomonidan bajarilishi mumkinligiga asoslangan holda kasbiy malakaga doir tavsiyalar berish;
  • qamoqda saqlash, jazoni ijro etish joylarida saqlash tartibi va shartlarini hamda huquqiy jihatdan ta’sir ko‘rsatishning boshqa choralarini tartibga solishda farqlarni belgilash;
  • xotin-qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini mustahkamlashga, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan ijobiy choralar.

Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlashning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:

  • qonuniylik;
  • demokratizm;
  • xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi;
  • jins bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘yilmasligi;
  • ochiqlik va shaffoflik.

Gender statistikasini shakllantirish - Davlat statistika organlari gender ko‘rsatkichlari asosida jamiyat hayotining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklarning holatini aks ettiradigan statistik axborotni yig‘ishni, unga ishlov berishni, uni to‘plashni, saqlashni, tahlil qilishni va e’lon qilishni amalga oshiradi.

Gender ko‘rsatkichlarini shakllantirish
  • davlat statistika organlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat statistik kuzatuvlariga;
  • davlat boshqaruvi organlarining ma’muriyatga oid ma’lumotlariga;
  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan muntazam ravishda amalga oshiriladigan statistik kuzatuvlarga asoslanadi.

Gender ko‘rsatkichlari fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining statistik ma’lumotlari asosida ham shakllantirilishi mumkin.


Davlat xizmatidagi lavozimlarni, shu jumladan rahbarlik lavozimlarini egallash uchun tanlovda xotin-qizlar va erkaklarning teng ravishda ishtirok etishi ta’minlanishi kerak.

Davlat organlarining kadrlar xizmatlari zimmasiga davlat xizmatining tegishli lavozimlarida ishlayotgan xotin-qizlar va erkaklar sonining nisbati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham taqdim etish majburiyati yuklatiladi.

Bola tug‘ilishi munosabati bilan ona ham, ota ham haq to‘lanadigan ta’til olish huquqiga ega. Bolani parvarishlash bo‘yicha ta’tilning davomiyligi ota-onaning ixtiyoriga ko‘ra ular o‘rtasida bo‘linishi mumkin, bunda ota-ona ta’tildan uni qismlarga bo‘lgan holda foydalanishi mumkin.

Agar shaxs o‘zini jins bo‘yicha bevosita yoki bilvosita kamsitishga duchor etilgan deb hisoblasa, vakolatli organlarga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega. Bunda jins bo‘yicha bevosita yoki bilvosita kamsitishga duchor etilgan shaxsdan davlat boji undirilmaydi.

Шаблон ва шакллар намуналари

Gender tengligi: g‘oyadan qonunga qadar

Chat