Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6907 marta o'qildi

Quyidagilar o‘simlik dunyosi ob’ektlari hisoblanadi:
  • yovvoyi holda o‘suvchi organizmlar — daraxtlar, butalar va o‘tsimon urug‘laydigan o‘simliklar, qirqquloqsimonlar, yo‘sinsimonlar, suvo‘tlar, lishayniklar va zamburug‘lar o‘zining barcha xilma-xil turlari bilan;
  • yovvoyi organizmlardan tashkil topadigan tabiiy o‘simlik guruhlari yoki ularning har qanday majmui;
  • kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik turlari;
  • yovvoyi o‘simliklarning mevalari, urug‘lari va boshqa qismlari yoki ularning o‘sish davridagi mahsullari.

Tanasi, po‘stlog‘i, shoxlari, poyasi, ildizi, g‘unchasi, gullari, urug‘lari, mevalari, barglari, piyozboshchalari va sharbati (elimi) o‘simliklarning qismlari hisoblanadi.

  • O‘simlik dunyosi ob’ektlarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqqanlik uchun to‘lovlar miqdori
  • Davlat o‘rmon fondi erlarida daraxtlar va butalarni noqonuniy kesish va shikastlash bilan o‘simlik dunyosiga etkazilgan zararni undirish miqdorini hisoblash uchun koeffitsient 
  • O‘zbekiston Respublikasi o‘simlik dunyosiga etkazilgan zarar uchun undiriladigan jarima miqdorini hisoblash uchun to‘lovlar koeffitsienti 
  • O‘simlik dunyosiga davlat o‘rmon fondi erlarida, shuningdek o‘rmon fondiga kirmaydigan aholi yashaydigan joylardagi yashil o‘rmonlarda hamda transport magistrallarida ixtiyoriy ravishda pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish natijasida etkazilgan zarar uchun to‘lovlar miqdorini hisoblash uchun koeffitsient
  • O‘simlik dunyosiga yovvoyi holda o‘suvchi mevalar, yong‘oqlar, rezavor mevalar, dorivor, ozuqabop o‘simliklar va texnik xom ashyoni ixtiyoriy ravishda O‘zbekiston Respublikasi hududida umumiy foydalanish me’yorlaridan ortiqcha yig‘ish natijasida etkazilgan zarar miqdorini hisoblash uchun koeffitsient
  • Davlat o‘rmon fondi erlarida, o‘rmon fondiga kirmaydigan hududlarda pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish tufayli o‘simlik dunyosi ob’ektlariga etkazilgan undiriladigan zarar miqdorini hisoblash uchun koeffitsient
  • O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan o‘simliklarga etkazilgan undiriladigan zarar miqdorini hisoblash uchun koeffitsient

Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish - jarimaga sabab bo‘ladi.

Chat