Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7456 marta o'qildi

O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib koronavirusga qarshi vaktsina aholining xavf ostidagi qatlamiga berilishi haqida aytilgan edi. 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mutaxassisi Vazira Mutalovaning ma’lum qilishicha, respublika bo‘ylab ularning soni 4 mln 112 ming 668 nafarni tashkil etadi. 

  • 65-74 yoshgacha bo‘lgan qariyalar 1 mln 85 ming 797 nafar;
  • 75 yoshdan 84 yoshgacha bo‘lgan keksalar 388 ming 686 nafar;
  • 85 yosh va undan yuqori keksalar 139 ming 280 nafar;
  • Tibbiyot xodimlari 447 ming 976 nafar;
  • Surunkali kasalliklari bor aholi (18-65 yosh) 888 190 nafar;
  • Maktab o‘qituvchilari 689 ming 383 nafar;
  • Maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari 223 ming 426 nafar;
  • Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari 180 ming nafar.

Ular o‘zlari joylashgan hududlardagi tibbiyot muassasalarida tashkil etilgan emlash xonalarida emlanadi.

Chat