Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 50427 marta o'qildi

Ehtiyotsizlik orqasida engil tan jarohati etkazish jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qasddan engil tan jarohati etkazish, bu harakat sog‘liqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatini uncha ko‘p davom etmaydigan turg‘un tarzda yo‘qotishga olib kelmagan bo‘lsa BHMning 2 baravaridan 4 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast etkazish natijasida ko‘rish, so‘zlash, eshitish qobiliyatini yo‘qotish yoxud biron a’zoning ishdan chiqishi yoki uning faoliyati tamoman yo‘qolishiga, ruhiy holatining buzilishiga yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda buzilishiga, umumiy mehnat qobiliyatining 33 foizidan kam bo‘lmagan qismining doimiy yo‘qolishiga yoki homilaning tushishi yoxud badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishiga sabab bo‘lsa - 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Qasddan badanga og‘ir shikast etkazish:
  • homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
  • o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan;
  • o‘ta shafqatsizlik bilan;
  • ommaviy tartibsizliklar jarayonida;
  • tamagirlik niyatida;
  • bezorilik oqibatida;
  • millatlararo yoki irqiy adovat zamirida;
  • diniy taassublar zamirida;
  • kishi a’zolarini kesib olib, boshqa kishiga ko‘chirish (transplantat) yoki murdaning qismlaridan foydalanish maqsadida;
  • bir guruh shaxslar tomonidan;
  • qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib sodir etilgan bo‘lsa - 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Agar qasddan badanga og‘ir shikast etkazish:
  • ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
  • takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari qasddan odam o‘ldirgan shaxs tomonidan;
  • o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
  • uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa;
  • jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa  - 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Qasddan badanga engil shikast etkazish:

Sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga engil shikast etkazish o‘sha harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa - bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Sog‘liqning qisqa vaqt, ya’ni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga engil shikast etkazish - bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Jabrlanuvchi tomonidan qilingan g‘ayriqonuniy zo‘rlik yoki og‘ir haqorat, shuningdek aybdorning yoki uning yaqin kishisining o‘limiga yoki sog‘lig‘iga ziyon etkazilishiga sabab bo‘lgan yoxud sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa g‘ayriqonuniy harakatlar tufayli to‘satdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast etkazish - jazolanadi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan havolada tanishing.

Chat