Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 45246 marta o'qildi

Pora olish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo‘lishi - jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Pora olish:
  • takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 211 yoki 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
  • ko‘p miqdorda;
  • tamagirlik yo‘li bilan;
  • bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa - 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Agar pora olish:
  • juda ko‘p miqdorda;
  • uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa - 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Pora berish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib bevosita yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish - jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Basharti, shaxsga nisbatan pora so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda 30 sutka mobaynida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan havolada tanishing.

Chat