Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 85812 marta o'qildi

"Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (312-son, 07.06.2022-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi. 

“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari quyidagilarga yo‘naltiriladi:
  • “Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli qiyin yoshlarga BHMning 4 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam ko‘rsatishga;
  • yoshlarni tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlariga sarflanadigan xarajatlarning 75 foizigacha qismini qoplashga;
  • “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyati hamda o‘zini o‘zi band qilish maqsadida noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarini ko‘pi bilan bir yilda BHMning 25 baravarigacha miqdorda qoplashga;
  • “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga;
  • mamlakatimizdagi OTMda o‘qiyotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berishga;
  • “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning ahvoli og‘ir bo‘lgan bemor farzandlariga mamlakatda yoki xorijiy davlatda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplashga.

Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish, boshqarish va ulardan foydalanish maqsadida manfaatdor muassasalar rahbarlari va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda Vasiylik kengashi tuziladi.

Vasiylik kengashi raisi har chorakda Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga hisobot beradi.  

Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi Jamg‘armaning ishchi organi hisoblanadi. 

Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablag‘lari keyingi yilga o‘tadi va tuman (shahar) mahalliy byudjetiga olib qo‘yilmaydi.

Hayotiy misol:

Savol: O‘. ismli shaxs oilasi “Temir daftar”ga kiritilganligi, 5 yoshli o‘g‘li og‘ir ahvolda kasal ekanligi, uni davolatish bilan bog‘liq xarajatni qoplashga qanday yordam ko‘rsatilishi mumkinligi haqida tushuntirish berishni so‘ragan. 

Javob: Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlar bilan birgalikda, «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarning ahvoli og‘ir bo‘lgan bemor farzandlariga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplashga ham yo‘naltiriladi. 

Tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Vasiylik kengashi raisi va «Yoshlar daftari» jamg‘armasi mablag‘larini boshqaruvchi hisoblanadi. 

Shu sababli, O‘. ismli shaxs ahvoli og‘ir bo‘lgan bemor o‘g‘lini davolatish bilan bog‘liq xarajatni qoplashga yordam berish yuzasidan Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Vasiylik kengashi raisiga murojaat qilishi maqsadga muvofiq.

Boshqa tegishli maqolalar

Ayollar daftari

Chat