Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 31179 marta o'qildi

Gaz ta’minoti tashkilotlari iste’molchilar bilan birgalikda bitta iste’molchi uchun kamida bir oyda bitta maishiy gaz balloni (20 kg) etkazib berish hamda texnologik yo‘qotishlarning tabiiy kamayishini hisobga olgan holda 2018-yil 1-iyulgacha kelgusi yil uchun suyultirilgan uglevodorod gazini iste’mol qilishning prognozlashtiriladigan hajmini aniqlaydi.

Gaz ta’minoti tashkilotlari iste’molchilar bilan birgalikda mavjud gaz ballonlari, mintaqalar bo‘yicha xonadonlar (oilalar) soni va tabiiy gazni etkazib berishda uzilishlarni hisobga olgan holda 2018-yilning 1 sentyabrigacha muddatda kelgusi yilga maishiy gaz ballonlariga bo‘lgan ehtiyojning prognozlashtirilayotgan miqdorini aniqlaydi.

Iste’molchilarga maishiy gaz ballonini vaqtincha foydalanish uchun etkazib berish imkoniyatini ko‘rib chiqish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.

Gaz ta’minoti tashkiloti va aholi o‘rtasida suyultirilgan uglevodorod gazini etkazib berish bo‘yicha shartnoma 2 nusxada tuziladi.

  • Suyultirilgan gazni aholiga va ijtimoiy soha ob’ektlariga taqsimlash va etkazib berish sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
  • Maishiy gaz ballonlarini aholiga va ijtimoiy soha ob’ektlariga taqsimlash va etkazib berish sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.

Suyultirilgan uglevodorod gazi va maishiy gaz ballonlarini gaz ta’minoti tashkiloti va iste’molchi o‘rtasida shartnoma tuzmasdan etkazib berish va qabul qilish taqiqlanadi.

Suyultirilgan uglevodorod gazini iste’molchilarga etkazib berish maxsus avtotransport vositalari va rezervuar sig‘imlari vositasida gaz ballonlarida yoki guruhli gaz balloni qurilmalarida gaz ta’minoti tashkiloti bilan tuzilgan shartnomalar asosida tegishli hujjatlar (gazlashtirish loyihasi yoki eskizi) mavjud bo‘lganda tasdiqlangan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.

Iste’molchilarga suyultirilgan uglevodorod gazi gaz ballonlarida bo‘sh ballonlarni to‘ldirilgan ballonlarga almashtirgan xolda oluvchigacha etkazib beriladi.

Chat