Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 12586 marta o'qildi

Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishda qoldirish uchun imtiyozli huquq malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq bo‘lgan xodimlarga beriladi.

Malakasi va mehnat unumdorligi bir xil bo‘lgan taqdirda quyidagilarga afzallik beriladi
  1. qaramog‘ida 2 yoki undan ortiq kishi bo‘lgan xodimlarga;
  2. oilasida undan bo‘lak mustaqil ish haqi oluvchi bo‘lmagan shaxslarga;
  3. mazkur korxonada ko‘p yillik ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga;
  4. ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarida tegishli mutaxassislik bo‘yicha malakasini oshirayotgan xodimlarga va ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarini tamomlagan shaxslarga o‘qishni tugatgandan so‘ng mutaxassisligi bo‘yicha ishlayotgan taqdirda ikki yil mobaynida;
  5. mazkur korxonada mehnatda mayib bo‘lib qolgan yoki kasb kasalligini orttirgan shaxslarga;
  6. urush nogironlari, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
  7. atom ob’ektlaridagi falokatlar oqibatida kelib chiqqan oshirilgan radiatsiya nurlanishi bilan bog‘liq nurlanish kasalligi va boshqa kasalliklarga yo‘liqqan yoki shunday kasalliklarni boshidan kechirgan shaxslarga; nogironligi atom ob’ektlaridagi falokatlar munosabati bilan boshlanganligi aniqlangan nogironlarga; ana shunday falokatlar va halokatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlari qatnashchilariga, shuningdek mazkur zonalardan evakuatsiya qilingan yoki ko‘chirilgan shaxslarga hamda ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga.

Jamoa shartnomasida xodimlarni ishda qoldirishda afzallik beriladigan boshqa holatlar nazarda tutilishi mumkin. Bu holatlar, ishda qoldirishda afzallik huquqiga ega bo‘lmagan taqdirdagina, inobatga olinadi.

Chat