Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 13855 marta o'qildi

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan kamida 15 nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi.

Markaziy saylov komissiyasining a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasiga ko‘ra Qonunchilik palatasi hamda Senat tomonidan saylanadi.

Markaziy saylov komissiyasining Raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan komissiya a’zolari orasidan komissiya majlisida saylanadi.

Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari va komissiya kotibi komissiya a’zolari orasidan komissiya majlisida saylanadi.

Markaziy saylov komissiyasining a’zosi tegishli guvohnomaga ega bo‘ladi.

Saylov komissiyalari tizimiga quyidagilar kiradi:
  • Markaziy saylov komissiyasi;
  • viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari;
  • okrug saylov komissiyalari;
  • uchastka saylov komissiyalari.

  • Saylov komissiyalari va ularning a’zolari o‘z faoliyatini har qanday davlat organlaridan, jamoat birlashmalaridan va mansabdor shaxslardan mustaqil holda amalga oshiradi.
  • Saylov komissiyalarining faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
  • Saylov komissiyalari va ularning a’zolari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, saylov kodeksiga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
  • Masalalarni ko‘rib chiqish va qarorlar qabul qilish saylov komissiyasi tomonidan kollegial tarzda amalga oshiriladi.
  • Saylov komissiyalari o‘z faoliyatini ochiq va oshkora amalga oshiradi.
  • Saylov komissiyasining majlislarida siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar hozir bo‘lishi mumkin.
  • Saylov komissiyalari nomzodlarga, siyosiy partiyalarga saylov kampaniyasini o‘tkazish uchun teng shart-sharoitlarni, saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish uchun ajratilgan byudjet mablag‘larining adolatli taqsimlanishini, ovoz berishning va saylov yakunlarini chiqarishning halol bo‘lishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘radi.

Markaziy saylov komissiyasining Raisi:
  • Markaziy saylov komissiyasining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
  • Markaziy saylov komissiyasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi, komissiya a’zolari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
  • Markaziy saylov komissiyasining majlislarida ishtirok etish uchun davlat organlarining, siyosiy partiyalarning hamda boshqa jamoat birlashmalarining, tashkilotlarning vakillarini va mansabdor shaxslarini taklif etadi;
  • davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, jamoat birlashmalari bilan munosabatlarda Markaziy saylov komissiyasi nomidan ish yuritadi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov yakunlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga axborot beradi;
  • Markaziy saylov komissiyasining qarorlarini va boshqa hujjatlarini imzolaydi;
  • Markaziy saylov komissiyasining faoliyatini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘larni taqsimlaydi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi;
  • tegishincha Qonunchilik palatasining va Senatning birinchi majlisini ochadi hamda Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi saylanguniga qadar unda raislik qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyasi esa tegishli viloyat, Toshkent shahar saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida 70 kun qolganida komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va 6 - 8 nafar komissiya a’zosidan iborat tarkibda tuziladi.

  • Saylov komissiyasi a’zolariga qo‘yiladigan talablar.

Fuqarolarga uchastka saylov komissiyasi binosida saylovchilar ro‘yxati bilan tanishish, shuningdek Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-sayti orqali saylovchilar ro‘yxatidan o‘zlariga tegishli ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati ta’minlanadi.

Chat