Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 11553 marta o'qildi

Oilaviy mehmon uylari - mehmon uylarida uy egasining oila a’zolari bilan birga yashash tamoyili bo‘yicha bir vaqtning o‘zida 10 nafargacha tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, shuningdek, har bir yashovchiga 3 m2 hisobidan to‘g‘ri keladigan zaruriy turarjoy maydoniga ega bo‘lgan xususiy uy-joy hisoblanadi;

mehmon uylari xizmatlarini ko‘rsatish oilaviy tadbirkorlik sub’ektlari shaklida tashkil etilganda, kommunal infratuzilma xizmatlari (elektr energiyasi, suv ta’minoti, kanalizatsiya, gaz ta’minoti va issiqlik ta’minoti) uchun to‘lovlar aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha va shartlar asosida to‘lanadi;

mehmon uylari faoliyati tegishli turar joyda uning egasi o‘z oila a’zolari hamda tashrif buyuruvchilar (turistlar) bilan birga yashashi tamoyili asosida tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari oilaviy mehmon uylarini ro‘yxatga olish va Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reestrini yuritishni amalga oshiradi.

Arizaga qo‘yidashilar ilova qilinadi.

Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etishda yaratiladigan majburiy sharoitlar ro‘yxati.

Oilaviy mehmon uylarini jihozlash va ular tomonidan qo‘shimcha xizmat turlarini ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar.

Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlarni Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar yagona reestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti.

Chat