O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi turizmni tartibga solish va rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
Qo‘mita mustaqil maqomga ega bo‘lib, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.
Qo‘mita turizm sohasini tizimli va barqaror rivojlantirish, turizm xizmatlari sifatini oshirish, sohaning raqobatbardoshligini kuchaytirish, turistik infratuzilma va yo‘nalishlarni rivojlantirish hamda O‘zbekistonning turistik salohiyatini ichki va tashqi bozorlarda targ‘ib qilish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshiradi.
Qo‘mita, shuningdek, turizm sohasida belgilangan davlat xizmatlarini ko‘rsatish, turistik xizmatlar bozorini muvofiqlashtirish va hududlarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.
Turizm qo‘mitasining amaldagi ishonch telefoni — +998 71 200-00-88, qisqa raqami — 1163.