Tabiiy erkinlikda yashayotgan yovvoyi hayvonlarni tutish maqsadida ularni izlash, iziga tushish, ta’qib qilish, tutishga urinish yoki tutish ov qilish hisoblanadi.
Ov qilish O‘zbekiston hududida haq to‘lash asosida amalga oshiriladi. To‘lov ruxsatnomada ko‘rsatilgan har bir yovvoyi hayvon uchun belgilanadi.
Ovchi ov vaqtida:
2024-yil 1 sentyabrdan ov qilish faqat ovchilik xo‘jaliklari hududida amalga oshirilishi asosiy qoida hisoblanadi. Qonunchilikda umumiy foydalanishdagi baliq ovlash, hayvonlar sonini tartibga solish va belgilangan erkin ov hududlari uchun istisnolar mavjud.
Ovchi ovchilik xo‘jaligi va ruxsat etilgan hudud chegaralarini bilishi, belgilangan kvota va ov muddatlariga rioya qilishi kerak.
Ovchi ov boshlanishidan oldin ovchilik yo‘llanmasida tegishli sanani ko‘rsatishi, tutilgan hayvonlar haqida belgilangan qaydlarni kiritishi va ov natijalari bo‘yicha talab etiladigan hujjatlarni o‘z vaqtida topshirishi shart. Ovchilik yo‘llanmasi ov tugaganidan keyin 10 kun ichida qaytarilishi lozim.
Shuningdek, ovchi yong‘in xavfsizligiga rioya qilishi, chiqindilarni qoldirmasligi va nazorat qiluvchi mansabdor shaxslarga talab etiladigan hujjatlarni ko‘rsatishi kerak.
Qonunchilikda, jumladan, portlovchi, kimyoviy va biologik vositalardan, elektr tokidan, ovozni pasaytiruvchi moslamalardan foydalanish, o‘simliklarni yoqish orqali hayvonlarni haydash va boshqa xavfli yoki shafqatsiz usullar taqiqlangan.
Ruxsat etilmagan joyda yoki muddatda, tegishli hujjatlarsiz, taqiqlangan usulda yoxud belgilangan me’yordan ortiq ov qilish g‘ayriqonuniy ov qilish (brakonьerlik) hisoblanadi.
Ovchilik guvohnomasi 18 yoshga to‘lgan, maxsus o‘quv kursini tugatgan va testdan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxsga beriladi. Guvohnoma 2 yil muddatga rasmiylashtiriladi.
2026-yil 7-avgustdan o‘quv kurslari uchun yangi tartib amal qiladi. Testda 20 ta savol beriladi, 30 daqiqa vaqt ajratiladi va 70 ball yoki undan yuqori natija muvaffaqiyatli hisoblanadi. Sertifikat test muvaffaqiyatli topshirilganidan keyin 5 ish kuni ichida beriladi va uning amal qilish muddati cheklanmagan.
Eslatma: ovchilik guvohnomasi mavjudligi muayyan hayvonni avtomatik ravishda ovlash huquqini bermaydi. Zarur ruxsatnoma, ovchilik yo‘llanmasi, kvota, hudud va mavsum talablariga ham rioya qilinishi shart.