Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 23159 marta o'qildi

Tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tish maqsadlariga bog‘liq holda ularning bojxona rasmiylashtiruvi bojxona rejimlarining turlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Bojxona rejimi turlari:

1) eksport;
2) reeksport;
3) vaqtincha olib chiqish;
4) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash;
5) erkin muomalaga chiqarish (import);
6) reimport;
7) vaqtincha olib kirish;
8) bojxona hududida qayta ishlash;
9) vaqtincha saqlash;
10) bojxona ombori;
11) erkin ombor;
12) erkin bojxona zonasi;
13) boj olinmaydigan savdo;
14) bojxona tranziti;
15) yo‘q qilish;
16) davlat foydasiga voz kechish.

  • Tovarlarning bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi vakolatli shaxslarning tovarlarni bojxona rejimlaridan biriga joylashtirish va mazkur bojxona rejimi talablari hamda shartlariga rioya etish majburiyatini keltirib chiqaradi.
  • Vakolatli shaxs tovarlarning va transport vositalarining xususiyati, miqdori, ishlab chiqarilgan mamlakati yoki qaysi maqsadga mo‘ljallanganligidan qat’i nazar, istalgan bojxona rejimini tanlashga yoki uni boshqa bojxona rejimiga o‘zgartirishga haqli.
  • Tanlangan bojxona rejimi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun bojxona organiga taqdim etiladigan bojxona deklaratsiyasida deklarant tomonidan ma’lum qilinadi.

Qonun hujjatlari buzilgan taqdirda, bojxona rejimida turgan tovarlar belgilangan tartibda olib qo‘yilishi mumkin.

  • Agar olib qo‘yilgan tovarlar davriy bojxona to‘lovi to‘langan holda vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan bo‘lsa, bojxona rejimi to‘xtatib turilgan davr uchun davriy bojxona to‘lovi to‘lanmaydi.
Chat