Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 12003 marta o'qildi

Shaharsozlik — aholi punktlarini, aholi punktlariaro hududlarni rejalashtirish hamda qurishning ijtimoiy-iqtisodiy, qurilish-texnika, arxitektura-badiiy echimlari yig‘indisini sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlarini hisobga olgan holda ta’minlovchi nazariyasi hamda amaliyoti.

  • Shaharsozlik normalari va qoidalari shaharsozlikning asosi bo‘lib, ular shaharsozlik faoliyati sub’ektlari tomonidan bajarilishi majburiydir.

Aholi punktlari shaharlarga, shaharchalarga, qishloqlar va ovullarga bo‘linadi.

O‘zbekiston Respublikasining hududi va hududining qismlari, aholi punktlarining hududlari va hududlarining qismlari, aholini joylashtirishning umumdavlat hamda hududiy tizimlari, er uchastkalari, binolar va inshootlar, hududiy-ishlab chiqarish, shaharsozlik hamda landshaft majmualari, rekreatsiya va ishlab chiqarish zonalari, madaniy meros ob’ektlari hamda ularning muhofaza zonalari, aholi punktlari chegaralaridagi va aholi punktlariaro hududlardagi akvatoriyalar, muhandislik va transport kommunikatsiyalari, reklama va axborot ob’ektlari (konstruktsiyalari) shaharsozlik faoliyati ob’ektlaridir.

  • Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar shaharsozlik faoliyati sub’ektlaridir.

Shaharsozlik faoliyati sub’ektlari:
  • shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar;
  • shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar;
  • ob’ektlarni qurish bo‘yicha pudratchilar;
  • shaharsozlik faoliyati ob’ektlaridan foydalanuvchilar sifatida ish yuritishi mumkin.

Quyidagilar shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar bo‘lishi mumkin

Chat